Multimedia
umumta'lim dasturlarini
rivojlantirish markazi
 Uzb     Rus     Eng   
 
 
Masofaviy ta'lim
O'qishga arziydi
  Loyihaga kirgan pilot umumta'lim maktablari
Do'stiga yuborish Do'stiga yuborish   Bosma uchun versiya Bosma uchun versiya

Loyihaning pilot maktablari
 
     Loyiha doirasida 1518 umumta’lim maktablarini kompyuter jihozlari bilan ta’minlash rejalashtirilgan. Maktablarni tanlashda O‘KS yo‘qligi, sifatli aloqa va elektrenergiyasi mavjudligi - asosiy mezonlar etib olingan. Barcha maktablar reabilitatsiya qilinadi, elektrtarmoq simlari yangilanadi, yong‘inga qarshi va xavfsizlik tizimlari bilan jihozlanadi.
     Loyiha pilot maktablarining 70%dan ziyodi mamlakatimiz aholisining asosiy qismi istiqomat qilayotgan qishloq hududida joylashgan. Loyiha barcha maktablar, shu jumladan qishloq va markazdan uzoqda joylashgan maktablarda AKTdan samarali foydalanishga texnik va pedagogik ko‘mak beradi. Bundan tashqari elektrta’minot ishonchliligi oshadi, ayniqsa kamta’minlangan va qishloq maktablarida.
Barcha maktablar AKT jihozlarini joylashtirish uchun to‘liq tayyorgarligini ta’minlash maqsadida milliy normativlarga javob berish kerak. Xususan, barcha AKT vositalarini joylashtirishga mo‘ljallangan talablarga javob beradigan xavfsizlik va elektrta’minot tizimlari o‘tkazilgan maxsus xonasi hamda kamida bitta maktab tarmog‘ini boshqarish va apparat vositalari bilan ishlash ko‘nikmalariga ega xodimi bo‘lmagan maktablar AKT vositalari bilan ta’minlanmaydi.
     Loyiha doirasida Hukumat umumta’lim maktablarining rekonstruksiyasi va sinf kompyuter xonalarining tayyorgarligini ta’minlaydi. Loyiha doirasida hukumat maktablarni rekonstruksiya qilish va o‘quv kompyuter sinflar bilan ta’minlash, zarur bo‘lgan kommunikatsiya va iqlim nazoratini tegishli talablar darajasida ta’minlashni kafolatlaydi.
 
Dolzarb
Hamkorlar
Mashhur maqolalar
  © Copyright 2012 O'zR XTV huzuridagi MUDRM      www.gov.uz    www.uz    www.aci.uz    www.eduportal.uz    www.uzedu.uz