Komponent 1. Umumta’lim maktablarini o‘quv-kompyuter sinflar (O‘KS) bilan jihozlash.
Bu komponentning asosiy maqsadi – 1518 umumta’lim maktabini tizimli va dasturiy ta’minot o‘rnatilgan O‘KS bilan jihozlash.
O‘KS komplektatsiyasi: 14 ta o‘quvchi ish o‘rni va 1ta o‘qituvchi ish o‘rni, 1 skaner, 1 lazer monoxromli printer, 1 videoproyektor.
O‘KS soni: jami - 1518 komplekt, har bir maktabga bittadan.
Maxsus kompyuter mebeli (MKM) komplektatsiyasi: o‘quvchilar uchun 14ta kompyuter stollari va stullar, o‘qituvchi uchun 1ta kompyuter stoli va stul, 1 ta kitob javoni.
Har bir maktabga quyidagi tarkibda bir komplekt kompyuter jixoz, MKM, ogrtexnika va raqamli jihozlar keltiriladi:
- 14 ta o‘quvchi va 1ta o‘qituvchi ish o‘rni;
- Lokal tarmoq qurish uchun bir komplekt tarmoq jihozi;
- 1 ta tarmoq lazer monoxromli printer;
- 1 ta videoproyektor;
- 1 komplekt elektrta’minot vositalari;
- 1 ta ADSL-modem;
- 1 ta skaner;
- 1 ta MKM komplekti.
Komponent 2. Multimedia umumta’lim dasturlarini rivojlantirish markazini tashkil etish.
MUDR Markazining asosiy vazifalari:
- razrabotka elektronnûx obuchayuùix multimedia prilojeniy;
- issledovaniye, analiz i monitoring po effektivnosti ispolzovaniya kompyuternûx oborudovaniy, obuchayuùix resursov i treningov po IKT;
- razrabotka treningovûx kursov i ix provedeniye dlya sotrudnikov IPK i prepodavateley;
- organizatsiya, podderjka i administrirovaniye servernoy ploùadki, gde budet razmeùatsya informatsionnûy obrazovatelnûy veb-portal;
- organizatsiya i podderjka informatsionnogo obrazovatelnogo veb-portala;
- podklyucheniye shkol k informatsionnomu obrazovatelnomu veb-portalu;
Ta’lim beruvchi resurslarni ishlab chiqish studiyasi plani Boshqaruv xonasi plani

Komponent 3. Axborot ta’lim veb-portalini tashkil etish.
Oxirgi yillarda axborot texnologiyalari olami ma’lumotlar, texnologiyalar va konsepsiyalarni integratsiya qilishga yo‘nalgan. Xalq ta’limi tizimining yagona axborot-ta’lim muhitini yaratish o‘quv jarayonini tashkil qilish va boshqarishga tizimli yondashuv uchun zarur. Yagona axborot-ta’lim muhiti umumiy ta’limning turli sohalaridan dasturiy yechimlar, statistik ma’lumotlar va har xil konsepsiya va texnologiyalarni o‘zida mujassam etadi.
Loyihada ye-portal tizimi nafaqat MUDR Markazi balki boshqa ishlab chiqaruvchilar tomonidan ham yaratilgan multimedia ilovalarining ta’limiy tarkibini jamlash va tarqatish uchun mo‘ljallangan. Portal foydalanuvchilar uchun ta’lim va axborot mazmunlarni onlayn-rejim orqali yetkazadi, ichki mazmunni boshqaradi, onlayn savol-javobni qo‘llaydi, ma’lumotlarni tarqatadi, Internet-hamjamiyatlarni tashkil etadi hamda XTVning shaxsiy sahifasi va qo‘shimcha xizmatlar orasidagi bo‘g‘in vazifasini bajaradi. Bunda portal orqali foydalanuvchiga to‘liq axborot va xujjatlarni yetkazish bilan o‘quv jarayoni va markaziy boshqaruvning samaradorligi oshiradi.
O‘zR XTVning axborot-ta’lim portali.
O‘zR XTVning yagona ta’lim muhiti quyidagi talablarga javob berish kerak:
- o‘quvchilarning ta’lim olish, masofadan o‘qitish vositalari bilan ta’minlash;
- o‘quvchilarga o‘quv-uslubiy materiallarga murojaat etish imkoniyatini berish;
- axborot resurslariga me’yoriy daxlni ta’minlash;
- boshqa vazirlik va idoralar portallari bilan integratsiyalanish.
Ta’lim portalining tuzilmasi maxsus, axborot himoyasi barcha vositalari bilan ta’minlangan joyda server maydonchasini tashkil etilishini nazarda tutadi. Ta’lim portali barcha, shu bilan birga masofadagi foydalanuvchilar uchun ham murojaat etish imkoniyatini beradi. Bundan tashqari, portaldan tashqi foydalanuvchilar ham foydalanishlari mumkin. Portal ishi uchun zarur bo‘lgan korporativ ma’lumotlar kunda ichki tarmoqdan ma’lumotlar bazasining tashqi serverlariga uzatiladi.
Talablardan kelib chiqqan holda ta’lim portali quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
1. O‘quvchilar uchun o‘quv jarayonini olib borish vositalari. Portalda integratsiyalashgan o‘qitish muhitlari, ta’lim tizimi tashkilotlari saytlari joy oladi.
2. O‘quvchilar bilimini tekshirish vositalari. Portalda o‘quvchilarni testdan o‘tkazishning interaktiv muhiti bo‘ladi.
3. O‘quv jarayonining o‘quv-uslubiy ta’minoti to‘liq sayti. Raqamli o‘quv-uslubiy materiallar saytida maktab o‘qituvchilari tomonidan yaratilgan o‘quv-uslubiy qo‘llanmalarning elektron versiyalari joylanadi.
4. Kutubxonalar katalogi.
5. Elektron darsliklar.
Ushbu loyihada ta’lim portalini tashkil etishga yangi yondashuv taklif etiladi, u o‘quv-metodik materiallar va korporativ ma’lumotlarni (xodimlar, o‘zlashtirish haqida ma’lumotlar, o‘quv rejalar va h.k.) integratsiyasiga asoslanadi. Bunda portal va korporativ axborot muhiti imkoniyatlari oshadi va ma’lumotlarning avtomatik tarzda muntazam yangilanishi ta’minlanadi.
Komponent 4. Ekspert ishlar.
Ushbu komponent maqsadi – loyihani amalga oshirish jarayonining boshlang‘ich hamda keyingi bosqichlarida konsultativ xizmatlarni taqdim etish.
Bu komponent umumiy o‘rta ta’limga AKTni integratsiya qilishning muqobil siyosatini shakllantirish va ko‘makni ta’minlash maqsadida malakali konsultativ yordam orqali loyihaning samarali amalga oshirilishini ta’minlashga mo‘ljallangan.
Komponentning asosiy vazifalari:
a) Jihozlash obyektlarini o‘rganish;
Tahlil orqali O‘zbekistondagi ijtimoiy-iqtisodiy holatni sharhlash, umumiy o‘rta ta’limni tadqiq etish ko‘zda tutiladi.
b) Loyihani boshqarish;
Ushbu ekspert ishlari maqsadi – Loyihani amalga oshirish grafigi va rejasini, shu jumladan dizayn konsepsiyasi, baholash metodologiyasi, O‘KSni olib kelish rejasi, MUDR markazi ishini tashkil etish rejasi, strategik metodologiya, hamkorli treinglar dasturini ishlab chiqish.
Ekspert xizmatlari:
a) Jihozlash obyektlarini o‘rganish;
b) Loyihani boshqarish;
c) Elektron ta’lim resurslarini ishlab chiqish;
Ta’limiy mazmun (kontent)ni ishlab chiqish MUDRMning asosiy vazifasi va funksiyasi. Loyihaning bu qismi eng muhim, u ta’lim jarayoni sifatini oshirishga qaratilgan va muallimlarga mashq va darslarni samarali va asosli o‘tkazishga imkon beradi. O‘quvchilar mazmunni kuzatish, eshitish, tushunish va interaktiv faoliyat ko‘rsatishlari mumkin bo‘ladi.
Dastlab AKT resurslaridan foydalanish imkoniyati tanlangan maktab o‘quvchilarida bo‘ladi. Keyingi bosqichlarda barcha ta’lim va axborot resurslari portalda joylashtirilib barcha maktablar o‘quvchilari uchun taqdim etiladi. Bu g‘oyani amalga oshirish maqsadida, avval barcha ma’lumot kompakt-disk shaklida o‘qituvchi uchun yo‘riqnoma bilan saqlanadi. Keyinchalik, portal ma’lumotlari sistematik ravishda yangilanib boradi. G‘oya samarali bo‘lishi uchun mas’ullar muntazam ravishda ma’lumotlarni yangilashlari, boshqarishlari va portal tizimini ko‘llab-quvvatlashlari kerak. Portal o‘zbek va rus tillarida tashkil etiladi.
d) Axborot-ta’lim muhiti va MUDRMni rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish
Bu qismkomponent maqsadi Loyihani amalga oshirilishi va natijalarini baholash tizimini yaratish va ishga tushirishda ko‘maklashish.
e) Hamkorli trening dasturi va o‘quv materiallarini ishlab chiqish;
Treninglar dasturi MUDRM hamda loyihaning boshqa qatnashchilari uchun AKTni joriy qilish rejasiga mos bo‘lishi kerak. Bundan tashqari treninglar dasturi odam, apparat va dasturiy resurslar hamda budjet rejalashtirilishiga ham mos bo‘lishi lozim. Ijro organi muqobil texnologiyani saralash va rejani muvafaqqiyatli bajarilishini ta’minlash uchun faoliyatini barcha aloqador tomonlar bilan muvofiqlashtirishi kerak.
Komponent 5.Hamkorli treninglar dasturi.
Ushbu komponent o‘qituvchilar, ishlab chiqaruvchilar va administratorlar uchun treninglarni o‘z ichiga oladi.
Boshlang‘ich bosqichda uzluksiz uzoqmuddatli trening dasturlari tuzilmasini ishlab chiqish muhim. Uzluksiz kasbiy rivojlanish ushbu jarayonga yangi trener, o‘qituvchi, ishlab chiqaruvchi va administratorlarni jalb qilish maqsadida siklik ravishda amalga oshirilishi kerak. Treninglarni o‘tkazish katta odam resurslarini talab etadi.
Dastlab tayyorlov MUDR Markazida o‘tkaziladi. Kelajakda tayyorlov qisman markazsizlashtiriladi va har bir resurs markazidan bitta xodim ushbu markaz uchun asosiy tayyorlovga mas’ul bo‘ladi. Loyihaning ijro agentligi odam resurslarini ta’minlash kerak.
Komponent 6.Xarid qilish va monitoring bo‘yicha konsalting xizmatlar.
Konsultantlarning asosiy vazifasi Loyihaning muqobil ravishda amalga oshirilishi va qo‘yilgan maqsadlar erilishini ta’minlash. Yollanayotgan konsultant Kredit Bitimda aniqlangan talab va tamoyillarga javob berish kerak.
Konsultant ikkita asosiy vazifaga mas’ul:
1. Tenderni tayyorlash va o‘tkazish
2. Monitoring.
Komponent 7.Intranet maktablar tarmog‘ini tashkil etish va umumta’lim maktablarini XTV portaliga ulash.
Maktablarni axborot-ta’lim portaliga ulash va Intranet maktab tarmog‘ini tashkil etish XTV bo‘limlarini ma’lumotlar uzatish, videokonferensaloqa seanslarini o‘tkazish kabi umumiy tarmoq resurslar va telekommunikatsion xizmatlarni ta’minlaydigan yagona axborot fazosiga jamlash imkoniyatini beradi. Bunda XTVning axborot tizimidan foydalanuvchilar orasida to‘liq oydin o‘zaro faoliyati bilan bir vaqtda korporativ tarmoq himoyalanganligi va to‘liq izolatsiyasi ta’minlanadi.
Taklif etilayotgan yechim masofada joylashgan boshqa idora va ta’lim muassasalari bilan Virtual Shaxsiy tarmoq (VPN) ni tashkil etish, Internetdan foydalanish, videokonferensaloqani o‘tkazish imkoniyatlarini beradi.
Korporativ tarmoq quyidagilarni ta’minlaydi:
- elektron xujjat almashish tizimi;
- Internetga kengoqimli murojaat etish imkoniyati, elektron pochta;
- videokonferensaloqa;
- Korporativ tarmoq ta’lim resurslari va ularga ruxsat doirasi nazoratining markazlashgan boshqaruvi;
- Xabarlarning darhol uzatilishi;
- fayllarni uzatish;
- ilovalardan birgalikda foydalanish;
- elektron oq doska;
- media-ma’lumotlarni ijro etish.
|