Multimedia umumta'lim dasturlarini rivojlantirish markazi
Multimediali mahsulot va servis xizmatlari
Multimediali mahsulotlarini ishlab chiqarish va disk ko'paytirish xizmatlari
Markaz tomonidan multimediali elektron axborot-ta'lim resurslari ishlab chiqarish bilan bog'liq barcha turdagi xizmatlar, hususan turli animatsion lavhalar, video roliklar, dasturiy yechimlar amalga oshiradi. Mahsulotlar ixtiyoriy nushada va talab qilingan dizayn bilan taqdim qilinishi mumkin. Shu qatorda disk ko'paytirish va uni bezaklash ishlarini ham bajarish uchun to'liq quvvatdagi texnik va mutahassis ta'minotiga ega.
Multimedia studiya xizmati
Markaz qoshida multimedia studiyasi faoliyat olib bormoqda. Studiya eng zamonaviy qurilmalar bilan jihozlangan bo'lib, quyidagi xizmatlar ko'rsatish imkoniyatiga ega:
Video lavhalar suratga olish (joylarga chiqib va studiyaning o'zida);
Ovoz yozish;
Video va ovoz montajlari;
Foto sur'atlar olish va ishlov berish (joylarga chiqib va studiyaning o'zida).
Kompyuter servis xizmati
Markaz qoshida kompyuter servisini ko'rsatish yo'lga qo'yilgan. Servis ko'rsatish uchun Markaz etarli moddiy-texnik va mutahassis ta'minotiga egat bo'lib, yuridik va jismoniy shaxslarga quyidagi xizmatlar ko'rsatadi:
Kompyuterning dasturiy ta'minoti bo'yicha (joylarga chiqib va Markazning o'zida);
Kompyuterning texnik ta'minotini sozlash ishlari (joylarga chiqib va Markazning o'zida);
Tarmoq o'rnatish va sozlash;
Qo'shimcha servis xizmatlari (kompyuterlar ish faoliyatini doimiy va divriy nazorati).