Multimedia
umumta'lim dasturlarini
rivojlantirish markazi
 Uzb     Rus     Eng   
 
 
Masofaviy ta'lim
O'qishga arziydi
  Reja va hisobotlar
Do'stiga yuborish Do'stiga yuborish   Bosma uchun versiya Bosma uchun versiya

Màrkàz tîmînidàn 2010 yildà àmàlgà îshirilgàn ishlàr
  • Tà`lim muàssàsàlàri bilàn àxbîrît, hujjàt àlmàshish và bîshqà kîmmunikatsiya tizimlàrini jîriy etish màqsàdidà 196 tà bîshqàrmà, institutlàr và tàshkilîtlàr VPN tàrmîg`igà ulàndi.
  • Hujjàtlàr bilàn ishlàsh bo’yichà Job flow control (JFC) dàsturiy tà`minîti ishlàb chiqildi và vàzirlik tizimigà o’rnàtildi.
  • Pådàgîglàrni qàytà tàyyorlàsh và màlàkàsini îshirish institutlàri bilàn hàmkîrlikdà o’quv-tàrbiya jàràyonini mînitîringi và tinglîvchilàr dàvîmàtini nàzîràt qilish bo’yichà àvtîmàtlàshtirilgàn tizimi (SAMMER) ishgà tushirildi.
  • Màrkàz sårvår màydînchàsidà màsîfàviy tà`lim kurslàri o’quv pîrtàli (www.mtk.uz) jîylàshtirildi.
  • Xàlq tà`limi vàzirligining àxbîrît-tà`lim pîrtàli (www.eduportal.uz) “Milliy UZ dîmåni 2010” intårnåt-fåstivàlidà “Fàn và tà`lim sîhàsidàgi eng yaxshi sàyt” nîminatsiyasidà 2-o’rinni egàllàdi.
  • 2010 yil 12 îktyabr` kuni vàzirlik sàyti fîrumidà Xàlq tà`lim vàziri bilàn înlàyn-mulîqît tàshkil etildi. Mulîqîtdà bårilgàn 100 dàn îrtiq sàvîllàrgà înlàyn råjimidà muàlliflàrgà jàvîblàr bårildi.
  • Xàlq tà`limi tizimi xîdimlàri uchun “Màktàbdà àxbîrît-kîmmunikatsiya tåxnîlîgiyalàri” qo’llànmàsi tàyyorlàndi.
  • Umumtà`lim màktàblàri uchun yaràtilgàn àmàldàgi 552 tà dàrslik và uslubiy qo’llànmàlàrning elåktrîn vàriànti vàzirlik ràsmiy sàytigà jîylàshtirildi.
  • Kimyo (4 tà), biîlîgiya (6 tà), fizikà (30) fànlàridàn jàmi 40 tà virtuàl làbîràtîriyalàr ishlàb chiqildi và sàytgà jîylàshtirildi.
  • Sàytning psixîlîgik yordàm sàhifàsidà “O’quvchilàrgà”, “O’qituvchilàrgà”, “Màktàb psixîlîgigà”, “Îtà-înàlàrgà” ruknlàri îstidà 88 tà tåst và màshqlàr, 13 tà intåràktiv o’yinlàr jàmi 101 tà råsurslàr jîylàshtirildi. Tîifàlàr kåsimidà o’quvchilàr uchun 26 tà, o’qituvchilàr uchun 29 tà, màktàb psixîlîglàri uchun 18 tà và îtà-înàlàr uchun 28 tà råsurslàri, 56 nîmdàgi mul`timådià råsurslàri hàmdà 7 tà vidåîdàrslàr yaràtildi.
  • 2 tà mà`lumîtlàr bàzàsi và 4 tà dàsturiy tà`minît (2010 yildà 2 tà) dàvlàt pàtånt idîràsidàn ro’yxàtdàn o’tkàzildi.
  • “O’zbåkistîn Råspublikàsi umumtà`lim màktàblàrini àxbîrîtlàshtirish” lîyihàsi dîiràsidà mànziliy ro’yxàtgà kiritilgàn 1552 tà màktàbdàn 700 tàsigà o’quv kîmp`yutår sinflàr và Màrkàzdà tàshkil etilàyotgàn mul`timådiya studiyasi và våb-pîrtàl uchun mo’ljàllàngàn àsbîb uskunàlàr Kîråyadàn O’zbåkistîngà kåltirildi.
  • Lîyihàdà bålgilàngàn vàzifàlàr dîiràsidà 28 nàfàr hududiy kîîrdinàtîrlàr và màrkàzning 3 nàfàr xîdimi 30 nîyabr`-20 dåkàbr` kunlàri Kîråya Råspublikàsidà Hàmkîrlik tà`lim dàsturi bo’yichà màlàkà îshirish kursidà bo’lib qàytdilàr.

Multimedia umumta’lim dasturlarini rivojlantirish Markazi tomonidan
2010 yilgacha amalga oshirilgan ishlar
 
        
      
         1. Multimedia o‘qitish ilovalarini ishlab chiqish yo‘nalishi bo‘yicha:
 
·        Elektron darsliklar ko‘rik-tanloviga tegishli materiallar qayta ko‘rib chiqildi va uni takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritildi;
·        Chet ellarda yaratilgan elektron resurslar o‘rganib chiqilmoqda va ularni mahalliylashtirish bo‘yicha ishlar olib borilayapti; Moodle tizimi interfeysi tahrir qilindi.
·        Elektron nashr va resurslarga qo‘yiladigan umumiy (texnik, metodik, pedagogik, psixologik, ergonomik) talablar qayta ko‘rib chiqildi;
·        Elektron nashr va resurlar uchun texnik talablar takomillashtirildi.
·        Umumta’lim maktablarini Internet tarmog‘idagi axborot ta’lim resurslariga (umumta’lim portaliga) qo‘yilgan texnik talablari qayta ko‘rib chiqildi va takomillashtirildi;
·        Umumta’lim maktablari uchun elektron o‘quv qo‘llanmalarini yaratish bo‘yicha Vazirlik tomonidan e’lon qilingan tanlovni o‘tkazishda qatnashildi;
·        Umumta’lim maktablari uchun yaratilgan    ta daslikning markaz portaliga joylashtirish uchun elektron varianti yaratildi.
·        Umumta’lim maktabari uchun yaratilgan amaldagi darsliklar elektron versiyalari ishlab chiqilmoqda (Botanika 5 sinf, Botanika 6 sinf, Biologiya 9 sinf, Ximiya 8 sinf (rus tilida), Russkiy yazûk 8 klass, English matters 7 klass, Zoologiya 7, Tarix 7, Geografiya 7, Geometriya 7, Geografiya 9, Odam va uning sog‘lig‘i kabi o‘ndan ortiq kitoblar. Ularni markaz portaliga joylashtirish ishlari olib borilmoqda.
·        Umumta’lim fanlari bo‘yicha o‘qituvchilar uchun mo‘ljallangan uslubiy qo‘llanmalarni portalga joylashtirish ishlari boshlandi.
·        «2007 yil – Ijtimoiy ximoya yili» mavzusida “Hafaqonlik”, “Antibiotiklar: do‘stmi yo dushman?”, “Sog‘lom turmush tarzi asoslari va oila”, “Salomatlik darslari” nomli bukletlarning disk versiyalari ishlab chiqildi va ularni markaz saytiga va portalga joylashtirildi.
·         “Tarmoqli maktab” dasturiy mahsulotni adaptatsiyasi olib borilmoqda va ta’lim jarayoniga joriy etish rejasi ishlab chiqildi.
·        Portalda (lokal tarmoq versiyasida) umumta’lim maktablari uchun takomillashtirilgan davlat ta’lim standartlarini joylashtirish ishlari olib borilmoqda.(40% ga bajarilgan).
·        Umumta’lim maktablari o‘quv rejalarini portalga qo‘yish ishlari olib borilmoqda
·        Umumta’lim fanlarining o‘quv dasturlarini portalga joylashtirish ishlari olib borilmoqda.(40% ga bajarilgan).
 
            Yo‘nalish bo‘yicha o‘z yechimini kutayotgan muammolar, ularni hal qilish bo‘yicha takliflar va istiqbol rejalar:
 
         Xalq ta’lim vazirligining axborot va ta’lim portali va markaz sayti uchun ta’lim muassasalari va vazirlik bo‘lim va boshqarmalaridan ma’lumot va axborot manbalarini shakllantirishda qiyinchiliklarga duch kelinmoqda. Xususan Ta’lim markazi bo‘limlaridan tegishli ta’lim standartlari, o‘quv reja, dasturlar va darsliklardan bir nusxadan olish imkoniyati cheklanib qolyapti.
         Shuningdek, nashr etilgan darsliklarning elektron variantlarini, shu choqqacha yaratilgan elektron darsliklarni portalga qo‘yishning huquqiy asoslari aniqlanmagan.
         Bizningcha, vazirlik nashriyotlar va elektron darslik yaratayotgan firmalar bilan bilan shartnoma tuzayotganda, nashrdan kelgusida tegishli maqsadlarda foydalanish huquqini to‘la nashriyotga berib yubormasdan, o‘zida ham olib qolishi kerak. Yoki yaratilagn darslik va elektron
         Shuningdek, portallarni axborot resurslar omborini tezroq to‘ldirish uchun elektron darslik yaratish bo‘yicha tender nafaqat SD disklardagi elektron darsliklar varianti, balki uning internet uchun ishlangan, sodda va ko‘p xotirani egallamaydigan variantini ham yaratish bo‘yicha e’lon qilinishi maqsadga muvofiq.
         O‘zbekiston xalqaro mualliflik huquqini tan olganligi va Markaz zimmasiga xalqaro loyihani amalga oshirish topshirilgan uchun litsenzion dasturiy ta’minot manbalari bilan ta’minlash maqsadida 2008 yil smetasiga moliyaviy mablag‘lar ajratilishi lozim.
 
         2. Trening kurslarini ishlab chiqish va o‘tkazish yo‘nalishi bo‘yicha:
 
·        O‘qituvchilar uchun elektron darslikdan foydalanish bo‘yicha o‘quv qo‘llanma yaratilishi ustida ish olib borilyapti;
·        2006-2007 o‘quv yilining axborot kommunikatsiyalarni joriy etish yili deb e’lon qilinishi munosabati bilan, umumta’lim maktablari o‘qituvchilarining malakasini oshirish kursi materiallari ishlab chiqildi;
·        “Ma’rifat” gazetasida yosh o‘qituvchilar uchun “Pedagogik ustaxona” rukni tashkil etildi va unda o‘qituvchilar uchun zarur uslubiy va me’yoriy ko‘rsatmalar berib borilmoqda;
·        Umumta’lim maktablariga o‘rnatilgan o‘quv-kompyuter jihozlaridan o‘quv jarayonida unumli foydalanish bo‘yicha o‘qituvchilar malakasini oshirish kurslari dasturi tuzildi va u asosida o‘quv materiallari to‘plandi. “Maktabda axborot kommunikatsiya texnologiyalari” nomi ostida o‘qituvchilarning malakasini oshirishga mo‘ljallangan birinchi kitob “Kompyuter savodxonligi” o‘quv qo‘llanmasi nashrga tayyorlandi va chop etishga topshirildi;
·        “Maktabda axborot kommunikatsiya texnologiyalari” nomi ostida o‘qituvchilarning malakasini oshirishga mo‘ljallangan ikkinchi kitob “Kompyuter dasturlaridan dars jarayonida foydalanish” o‘quv qo‘llanmasi bo‘yicha materiallar to‘plandi va nashrga tayyorlanmoqda;
·        “Yosh o‘qituvchiga yordam” rukni ostidagi vebportal materiallari ishlab chiqish rejasi tuzildi, rukn tuzilmasi ishlab siqildi va u asosida materiallar to‘planmoqda.
 
            Yo‘nalish bo‘yicha o‘z yechimini kutayotgan muammolar, ularni hal qilish bo‘yicha takliflar va istiqbol rejalar:
            Loyiha doirasida ekspertlarni yollash bo‘yicha tender o‘tkazishning kechikkkanligi tufayli, 2007 yil oxirida ko‘zda tutilgan malaka oshirish kurslarini boshlashning iloji bo‘lmayapti.
            Shu bois, 2007yilda malaka oshirishga ajratilgan loyiha mablag‘larini o‘zlashtirish muammoli ko‘rinadi.
 
         3. Tadqiqot va Markazni rivojlantirish yo‘nalishi bo‘yicha:
 
·        Elektron nashr va resurlarning sinovdan o‘tkazish metodikasini yaratildi;
·        Markaz tomonidan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan yillik tadbirlar grafigi ishlab chiqildi;
·        Markazning chorak ish rejalari tuzildi;
·        Markaz uchun Toshkent shahar hokimligi qaroriga binoan Yunusobod tumani 12-maktab binosining 3 qavatli bitta bloki ajratildi;
·        Bino yonidagi maydonni Markaz tasarrufiga o‘tkazildi; 
·        Markaz uchun ajratilgan binoning defekt akti tuzildi va uni ta’mirlash bo‘yicha o‘tkaziladigan tenderning zaruriy me’yoriy hujjatlari tayyorlandi va tender e’lon qilindi;
·        “Kompyuter savodxonligi bo‘yicha o‘quv metodik adabiyotlarning elektron versiyalari va pedagogik dastur vositalari” ko‘rik-tanlovi respublika bosqichi qatnashchilarining tanlovga taqdim etgan ishlari va maktab saytlari ko‘rib chiqildi, tahlil etildi, ulardan eng yaxshilari tanlab olindi.
·        Maktab jamoalarining elektron darsliklar va multimedia ilovalarini yarata olish imkoniyatlari o‘rganib chiqildi. Markaz tomonidan ishlab chiqilgan kompyuter savodxonligiga doir adabiyotlar unda konkursdan tashqari taqdim etildi.
·        Halq ta’limi vazirligi tasarrufidagi ta’lim muassasalari vebsaytlarining talablarga muvofiqligini o‘rganib borilmoqda.
·        Vazirlik buyurtmasiga asosan yaratilayotgan elektron darsliklar va o‘quv filmlarini ishlab chiqish tajribasi o‘rganib chiqildi. Ularni yaratishni tashkil etish, ularning texnik ijrosi, pedagogik saviyasi va ulardan foydalanish samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqildi.
 
            Yo‘nalish bo‘yicha o‘z yechimini kutayotgan muammolar, ularni hal qilish bo‘yicha takliflar va istiqbol rejalar:
         Markaz xodimlari uchun kompyuter texnikasi yetishmasligi tufayli, xodimlarning to‘laqonli ishlash imkoniyatlari cheklanib qolmoqda.
         Koreya loyihasiga kiritiladigan maktablarning ro‘yxati haligacha to‘liq ishlab chiqilmagan.
         Koreyalik maslahatchilarning O‘zbekistonga kelishining kechikishi markazning yillik ish rejasining to‘liq bajarilishiga to‘siq bo‘lmoqda.
         Koreyadan server maydonchasi va multimedia studiyasi uchun texnika olib kelishning kechikishi markazning to‘laqonli faoliyat olib borishiga imkon bermayapti.
 
         4. Server maydonini boshqarish yo‘nalishi bo‘yicha:
 
·        Vazirlik portali loyihasi yaratildi va uni takomillashtirish va to‘ldirish bo‘yicha ishlar davom ettirilmoqda;
·        “ZiyoNet” jamoat-ta’lim-axborot tarmog‘i bilan Markaz faoliyatini yoritish va axborot olishda hamkorlik yo‘lga qo‘yildi;
·        Markazning ta’lim portali ishlab chiqildi va uning uchun materiallar yig‘ish ishlari olib borilmoqda
·        Markazning vebsayti ishlab chiqildi va uni portalga joylashtirish ishlari olib borilmoqda;
·        Muntazam administrativ ishlari sinovdan  o‘tkazilmoqda. Active Directory, DNS xizmatlari sozlandi, Symantec Norton Antivirus dasturiy ta’minot o‘rnatildi.
·        Domenning 3ta kontrollerini o‘z ichiga olgan 12 stansiyali lokal tarmoq tashkil etildi va zarur dasturiy ta’minot o‘rnatildi.
·        “Tarmoqli maktab” tizimi interfeysi matnining 80% i tarjima qilindi.
·        XTV portaliga 3 ta tilda matnlar kiritish va takomillashtirish ishlari olib borilmoqda
·        Ikkita server dasturiy ta’minoti o‘rnatildi, ularda XTV portali, markaz saytiga ixtiyoriy ishchi stansiyadan ma’lumotlarni kiritish imkoniyati yaratildi.
 
            Yo‘nalish bo‘yicha o‘z yechimini kutayotgan muammolar, ularni hal qilish bo‘yicha takliflar va istiqbol rejalar:
 
            XTV portaliga risoladagidek xizmat ko‘rsatish keng qamrovli ish bo‘lib, u professional mutaxassislarning ishtirokini va katta tashkilotchilikni talab qiladi. Portalni kerakli ma’lumotlar bilan ta’minlab va yangilab turish uchun ma’lumotlarni qayta ishlaydigan tahrirchilar, dizaynerlar kerak bo‘ladi. Shu bois, keyinchalik markaz shtatlari ro‘yxatini va lavozim vazifalarini qayta ko‘rib chiqish lozim bo‘ladi.
 
         5. Moliya, kapital ta’mirlash va qurilish yo‘nalishi bo‘yicha:
 
·        Markazning 2007 yilga mo‘ljallangan xarajatlari smetasi tuzildi va tasdiqlandi;
·        Markaz binosini kapital ta’mirdan chiqarish bo‘yicha o‘tkaziladigan tender hujjatlari tayyorlandi va tegishli idoralar tasdig‘idan o‘tkazildi.
·        Markaz binosini kapital ta’mirdan chiqarish bo‘yicha o‘tkaziladigan tender e’lon qilindi.
 
            Yo‘nalish bo‘yicha o‘z yechimini kutayotgan muammolar, ularni hal qilish bo‘yicha takliflar va istiqbol rejalar:
            Agar markaz binosini kapital ta’mirlash bo‘yicha tender takliflari o‘z vaqtida baholanib, g‘olib tashkilot aniqlanib tasdiqlansa, Markaz binosini kapital ta’mirdan chiqarish 2007 yil oxirigacha tugallash mumkin bo‘ladi.
         Har qanday holda ham bino Koreyalik ekspertlarning kelishigacha to‘liq ta’mirdan chiqarilishi va jihozlanishi kerak bo‘ladi.


Dolzarb
Hamkorlar
Mashhur maqolalar
  © Copyright 2012 O'zR XTV huzuridagi MUDRM      www.gov.uz    www.uz    www.aci.uz    www.eduportal.uz    www.uzedu.uz