Multimedia
umumta'lim dasturlarini
rivojlantirish markazi
 Uzb     Rus     Eng   
 
 
Masofaviy ta'lim
O'qishga arziydi

  Xalq ta値imi tizimida faoliyat olib borayotgan pedagog xodimlarning kompyuter texnikasi va zamonaviy AKTdan foydalanish bo惣icha malakalarini yanada oshirish bo`yicha joriy yilning 11-14 may kunlari o倉uv-seminari o`tkazilmoqda
Do'stiga yuborish Do'stiga yuborish   Bosma uchun versiya Bosma uchun versiya

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Multimedia umumta’lim dasturlarini rivojlantirish markazi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining AKT sohasida kasb ta’limi fakulteti «Axborot ta’lim texnologiyalari» kafedrasi o‘rtasidagi 2016 yilning 26 avgustdagi o‘zaro hamkorlik shartnomasiga muvofiq Multimedia umumta’lim dasturlarini rivojlantirish markazi tomonidan bir qator seminar-treninglar va to‘garaklar o‘tkazilib kelinmoqda.

Xalq ta’limi tizimida faoliyat olib borayotgan pedagog xodimlarning kompyuter texnikasi va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha malakalarini yanada oshirish, O‘zbekiston Respublikasining “Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 27 oktyabrdagi “Davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari xodimlarining malakasi va ko‘nikmalarini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar hamda ularni ishda kompyuter texnikasi va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish yuzasidan attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi 289-sonli qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent shahar Yunusobod tumanidagi 327-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi negizida Multimedia umumta’lim dasturlarini rivojlantirish markazi mutaxassislari va Toshkent axborot texnologiyalari universitetining «Axborot ta’lim texnologiyalari» kafedrasi professor-o‘qituvchilari va talabalari bilan hamkorlikda joriy yilning 11-14 may kunlari o‘quv-seminar tashkil etildi. 

Unda Toshkent shahridagi har bir tuman XTMFMTTE bo‘limlariga qarashli ta’lim muassasalarining yangi ishga qabul qilingan pedagog-xodimlari tarkibidan (“Informatika va AT” fani o‘qituvchilaridan tashqari) 25-30 nafardan tegishli guruhlar shakllantirib reja-jadvalga muvofiq o‘quv-seminar tashkil etildi.

Hamkorlikda o‘quv-seminarlar joriy o‘quv yili oxiriga qadar respublikamizning barcha hududlarida tashkil etilishi rejalashtirilmoqda.

Tashkilotchilar seminar ishtirokchilariga Multimedia umumta’lim dasturlarini rivojlantirish markazi haqida qisqacha ma’lumotlar taqdim etildi va markaz tomonidan amalga oshirlgan va davom etayotgan ishlar to‘g‘risida axborotlar berishdi. Jumladan:

Xalq ta’limi vazirligining www.uzedu.uz rasmiy veb-sayti yaratilgan bo‘lib, saytning texnik tomondan muntazam ish faoliyati markaz mutaxassislari tomonidan amalga oshirilmoqda. Xalq ta’limi vazirligining axborot-ta’lim portali (www.eduportal.uz), Markaz sayti (www.multimedia.uz), Kadrlar bilan ishlash bo‘yicha avtomatlashtirilgan tizim (“XTV-KADR”), Maktabgacha ta’lim muassasalarining elektron qabuli dasturi (mtm.uzedu.uz), “Xalq ta’limi pedagog xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutlari tinglovchilarining malaka oshirganlik to‘g‘risidagi diplom va sertifikatlarini ro‘yxatga olish tizimi (malaka.uzedu.uz), “Xalq ta’limi tizimidagi eng yaxshi veb-saytlar ko‘rik-tanlovini o‘tkazish tizimi” (tanlov.uzedu.uz) kabi dasturiy mahsulotlar yaratilib va ta’lim tizimiga joriy etilgan.

“Maktab ta’lim jarayonini boshqarish tizimi”- xt.uzedu.uz yaratilgan. Tizimning asosiy vazifasi O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimiga tegishli ta’lim mussasalarida o‘quvchi va o‘qituvchilar hisobini yuritish hamda o‘quv jarayonini avtomatlashtirishdan iboratdir.

Hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining yagona davlat interaktiv xizmatlari portali (xtt.uzedu.uz) ishga tushirilgan.

“Xalq ta’limi” axborot tizimi bazasida yilning eng yaxshi fan o‘qituvchisi -2017 tanlovini o‘tkazish uchun “Test o‘tkazish va monitoring qilish tizimi - test.uzedu.uz” ishlab chiqildi.

Xalq ta’limi vazirligi tizimida bugungi kunda jami 587 nomdagi elektron axborot-ta’lim resurslari yaratilgan va ta’lim tizimiga joriy etilgan bo‘lib, shundan, 2005-2010 yillarda vazirlik buyurtmasiga asosan 119 nomda, markaz tomonidan jami 454 nomda, ya’ni 2014 yilda 76 nomda, 2015 yilda 93, 2016 yil davomida esa 134 nomdagi elektron darsliklar, video va audiodarslar, interaktiv va animatsiyali virtual laboratoriya ishlari, testlar, ta’limiy o‘yinlar va boshqa qo‘shimcha ta’lim resurslari yaratilgan.

Markaz tomonidan umumiy o‘rta ta’lim maktablaridagi turli fanlardan 2013 yilda 2 ta, 2014 yilda 55 ta, 2015 yil 55 ta, 2016 yil 60 ta, joriy yilda ham rejaga muvofiq belgilangan ishlar amalga oshirib kelinmoqda.

Xalq ta’limi tizimida faoliyat olib borayotgan rahbar va pedagog xodimlar uchun ta’limda zamonaviy AKT va ta’limning interaktiv texnik vositalari, internet va internet resurslari, elektron pochta, axborot xavfsizligi, interaktiv davlat xizmatlari, dasturiy maxsulotlar va elektron ta’lim resurslaridan foydalanish bo‘yicha tizimli ravishda o‘quv seminarlar tashkil etib borilmoqda.

Hususan, o‘tgan 2016 yilda jami 49 ta o‘quv seminarlar tashkil etilib, bunday o‘quvlar bilan umumiy hisobda 1700 nafardan ortiq pedagog xodimlar qamrab olindi.

Joriy, 2017 yilning 1-choragi davomida esa 14 ta o‘quv seminarlar o‘tkazildi va 400 nafarga yaqin pedagog xodimlar ushbu o‘quvlar bilan qamrab olindi. Jumladan, vazirlik tasarrufdagi respublika tashkilotlarining 27 nafar AKT bo‘yicha mas’ul xodimlari, umumta’lim maktablarining 52 nafar biologiya va tarix fanlari o‘qituvchilari,87 nafar informatika fani o‘qituvchilari, 132 nafar matematika fani o‘qituvchilari, dasturlash va kompyuter dizayni yo‘nalishi bo‘yicha 50 nafar yuqori kurs talabalari, vazirlik markaziy apparati mas’ul xodimlari va boshqa pedagog xodimlar uchun o‘quv seminarlar tashkil etildi.

O‘quv seminar dasturi

T/r

Bo‘lim va mavzular

Soat

AKT vositalaridan foydalanish

1

Ta’limda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari. Kompyuterning apparat va dasturiy ta’minoti. Kompyuterning asosiy va qo‘shimcha qurilmalari, ularning vazifalari. MS WINDOWS operatsion tizimi.

0,5

MS Office dasturlaridan foydalanish

2

MS WORD matn muharriri, MS EXCEL elektron jadvallari, MS POWER POINT taqdimot muharriri.

0,5

3

MS PICTURE MANAGER tasvirlar menejeri. Qaychi dasturi va PAINT grafik muxarriri. Qisqa yozuvlar, kalkulyator, ekran klaviaturasi, ovoz yozish, matematik formula kiritish paneli.

1,0

Internet va internet resurslaridan foydalanish

4

Internet va internet resurslari, Interaktiv davlat xizmatlari, Elektron pochta, Xalq ta’limi vazirligining rasmiy veb-sayti (http://uzedu.uz/) va axborot-ta’lim portali (http://eduportal.uz/), axborot-ta’lim portaliga joylashtirilgan elektron ta’lim resurslaridan foydalanish.

0,5

Ta’limning zamonaviy interaktiv texnik vositalaridan foydalanish

5

SPECKTRON CS 100W,U Board elektron interaktiv qurilmalari, AHA PENTA-65”sensorli LCD / LED displeyi va IQ Board IR elektron interaktiv doskalaridan foydalanish.

0,5

Elektron axborot-ta’lim resurslari (dars ishlanmalari)ni yaratishga
mo‘ljallangan dasturiy vositalardan foydalanish

6

Grazy Talk Media Studio, Auto Play Media Studio, Camtasia va boshqalar.

1,0



Maqola sanasi: 12 May 2017 16:50


Yangiliklar bolimiga o'tish


Dolzarb
Hamkorlar
Mashhur maqolalar



  © Copyright 2017 O'zR XTV huzuridagi MUDRM      www.gov.uz    www.uz    www.aci.uz    www.eduportal.uz    www.uzedu.uz    Vulnerability Scanner