Multimedia
umumta'lim dasturlarini
rivojlantirish markazi
 Uzb     Rus     Eng   
 
 
Masofaviy ta'lim
O'qishga arziydi

  Umumta値im maktablari ta値im jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishning dolzarb muammolari va yechimlari mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumanida taqdimoti
Do'stiga yuborish Do'stiga yuborish   Bosma uchun versiya Bosma uchun versiya

 

Umumta’lim maktablari ta’lim jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishning dolzarb muammolari va yechimlari mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumanida Biologiya fanidan yaratilgan elektron axborot ta’lim resursining taqdimoti o‘tkazildi

Multimedia umumta’lim dasturlarini rivojlantirish markazi va Navoiy viloyat xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti hamkorligida Sh.Hasanova tomonidan tayyorlangan biologiya fanidan “9-sinf biologiya (sitologiya va genetika asoslari)” elektron darsligining taqdimoti 2017 yil 21 aprel kuni Navoiy viloyat xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutida o‘tkazilgan “Umumta’lim maktablari ta’lim jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishning dolzarb muammolari va yechimlari” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumanida namoyish etildi.

Ushbu elektron darslik 9-sinf biologiya darslarida foydalanishga mo‘ljallangan bo‘lib, undagi mavzular mazmuni audio va video tasvirlar, interaktiv mashqlar bilan berilgan bo‘lib, DTS talablari asosida tayyorlangan. Mavzular bo‘yicha taqdim etilgan materiallar ilmiy asoslanganligi va zamonaviy talablarga mos kelishi ta’kidlandi.

Konferensiya Yalpi majlisi Navoiy shahridagi Yoshlar markazidabo‘lib o‘tdi. KonferensiyadaNavoiy viloyati hokimining Yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari F.Soliyev, Navoiy viloyat xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti rektori F.Ro‘ziqulov, Navoiy viloyati xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i N.Ulug‘berdiyev, Navoiy davlat pedagogika instituti prorektori S.Xujjiyev va boshqa ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari ishtirok etdilar.

Anjumanda umumta’lim maktablari ta’lim tizimida malakali kadrlar tayyorlash muammolari, ta’limda chet tillarni o‘qitishning sifat va samaradorligini oshirishda innovatsion texnologiyalar, ta’lim jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llashdagi dolzarb muammolar va yechimlar hamda «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yil»da belgilangan vazifalar doirasida bajarilayotgan ilmiy ishlarga bag‘ishlangan ilmiy tadqiqot ishlari natijalari tahlil qilindi.

Anjumanning maqsadi uzluksiz ta’lim tizimida tadqiqot olib borayotgan mutaxassis-olimlar, mustaqil izlanuvchilar ilmiy-nazariy izlanishlarining amaliy tadbiqlari, chet tillarini o‘qitish metodikasini takomillashtirish borasidagi tajribali maktab o‘qituvchilarining taklif va tavsiyalarini umumlashtirish, umumta’lim fanlarini o‘qitishda innovatsion pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish, internet global tarmog‘idan foydalanish madaniyatini keng muhokama qilish va uzluksiz ta’lim tizimi bo‘g‘inlarida uzviylikni takomillashtirishdan iborat bo‘ldi.

Anjuman davomida ta’lim sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan barcha mutaxassis-pedagoglar oldiga kechiktirib bo‘lmaydigan vazifalarni qo‘yilishi mamlakatimiz ta’lim tizimini rivojlangan davlatlar ta’lim tizimi darajasiga tenglashtirish borasida olib borilayotgan pedagogik faoliyatimizda axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan unumli foydalanish sifat va samaradorligi ustida ishlashimizni hamda bu sohada bilim, ko‘nikma va malakalarimizni uzluksiz takomillashtirib borishimiz bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqildi.

Anjuman ishtirokchilari tomonidan o‘qituvchilarning darslarga ijodkorlik bilan yondashishini ta’minlash, ta’lim-tarbiya berish jarayoniga ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etishni yo‘lga qo‘yish maqsadida taklif etilgan ilmiy-metodik ishlarning uslubiy qo‘llanmalari va multimediali ishlanmalari tayyorlanib, ta’lim muassasalariga yetkazib berilishi va ommalashtirilishi kelishib olindi.



Maqola sanasi: 26 Aprel 2017 16:51


Yangiliklar bolimiga o'tish


Dolzarb
Hamkorlar
Mashhur maqolalar



  © Copyright 2017 O'zR XTV huzuridagi MUDRM      www.gov.uz    www.uz    www.aci.uz    www.eduportal.uz    www.uzedu.uz    Vulnerability Scanner