Multimedia
umumta'lim dasturlarini
rivojlantirish markazi
 Uzb     Rus     Eng   
 
 
Masofaviy ta'lim
O'qishga arziydi

  Umumiy o喪ta ta値im maktablarida ta値im tarbiya jarayoniga axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish to組喪isida
Do'stiga yuborish Do'stiga yuborish   Bosma uchun versiya Bosma uchun versiya

Joriy yilning 25-fevralida markazda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi farmonning mazmun-mohiyati hamda“Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” Davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash borasida hududiy xalq ta’limi boshqaruv idoralari va ta’lim muassasalari oldida turgan vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda Xalq ta’limi vazirining 2017 yil 16 yanvardagi 13-sonli buyrug‘iga muvofiq joriy o‘quv yili yakunlari bo‘yicha ta’lim muassasalari va xalq ta’limi boshqaruv idoralarining reytingini aniqlash tartibi to‘g‘risida vazirning birinchi o‘rinbosari B.Daniyarov ma’ruza qildi.

Yig‘ilishda K.Gafurov o‘z ma’ruzasida Xalq ta’limi tizimida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishdagi muammolar va yechimlari hamda oldimizda turgan ustuvor vazifalarga ham keng to‘xtaldi. Bu borada Xalq ta’limi vazirligi xuzuridagi Multimedia umumta’lim dasturlarini rivojlantirish markazi tomonidan qator dasturiy tizimlar yaratilib amaliyotga joriy etib kelinmoqda. Jumladan, “Test o‘tkazish va monitoring qilish tizimi”, “Maktab ta’lim jarayonini boshqarish tizimi”, “Hujjatlarni boshqarish tizimi dms.uzedu.uz” shu bmlan blirga “www.eduportal.uz” axborot-ta’lim portaling yangi ko‘rinishi ishga tushirildi. Kelajakda Xalq ta’limi tizimida yaratilgan dasturiy tizimlar va axborot tizimlarini yagona bazaga keltirish va ulardan foydalanishni kengaytirish kabi masalalar bugungi kunda belgilangan dolzarb vazifalardan biri ekanligini ta’kidlab o‘tdi.



Maqola sanasi: 09 Mart 2017 07:30


Yangiliklar bolimiga o'tish


Dolzarb
Hamkorlar
Mashhur maqolalar



  © Copyright 2017 O'zR XTV huzuridagi MUDRM      www.gov.uz    www.uz    www.aci.uz    www.eduportal.uz    www.uzedu.uz    Vulnerability Scanner