Multimedia
umumta'lim dasturlarini
rivojlantirish markazi
 Uzb     Rus     Eng   
 
 
Masofaviy ta'lim
O'qishga arziydi

  Umumiy orta talim maktablarining 5-sinflar uchun chet tillarini organish boyicha EATRlar tajriba-sinovi boshlandi
Do'stiga yuborish Do'stiga yuborish   Bosma uchun versiya Bosma uchun versiya

“O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 10 dekabrdagi “Chet tillarni o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-1875-sonli qarorining ijrosini ta’minlash bo‘yicha Respublika ta’lim markazi bilan hamkorlikda Multimedia umumta’lim dasturlarini rivojlantirish markazi tomonidan 5-sinflar uchun ingliz, fransuz va nemis tillari darsliklari multimediali ilovalarining tajriba sinov shakllari yaratildi.

Joriy yilning 13 yanvar kuni 5-sinf chet (ingliz, nemis va fransuz) tillaridan yangi yaratilgan EATRlarning o‘quvchilar yoshi va psixo-fiziologik xususiyatlariga mosligini aniqlash, sinflar o‘rtasidagi uzviyligini tajriba-sinovdan o‘tkazishni tashkil etishga bag‘ishlangan videokonferensiya va o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi.

EATRlarning tajriba-sinov variantlarini O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi axborot-ta’lim portalining Elektron kutubxona bo‘limi, EATRlarning tajriba-sinov shakli ruknidan (http://eduportal.uz/uzb/info/library/tajriba/ elektron manzilidan) yuklab olishingiz mumkin.



Maqola sanasi: 13 Yanvar 2017 18:58


Yangiliklar bolimiga o'tish


Dolzarb
Hamkorlar
Mashhur maqolalar



  © Copyright 2017 O'zR XTV huzuridagi MUDRM      www.gov.uz    www.uz    www.aci.uz    www.eduportal.uz    www.uzedu.uz    Vulnerability Scanner