Multimedia
umumta'lim dasturlarini
rivojlantirish markazi
 Uzb     Rus     Eng   
 
 
Masofaviy ta'lim
O'qishga arziydi

  Eng yaxshi elektron axborot-ta'lim resurslari aniqlandi
Do'stiga yuborish Do'stiga yuborish   Bosma uchun versiya Bosma uchun versiya

   
Xalq ta'limi vazirligi tomonidan “Eng yaxshi elektron axborot-ta'lim resurslari” ko'rik-tanlovi o'tkazildi.
   Mazkur ko'rik-tanlovni o'tkazishdan ko'zlangan maqsad ta'lim-tarbiya jarayonida zamonaviy axborot-kommunikatsiya va pedagogik texnologiyalarni samarali qo'llayotgan o'qituvchilarning ijodiy faoliyatini oshirish hamda o'quvchilar orasida dasturlash yo'nalishi bo'yicha eng iqtidorlilarini aniqlash hamda ularni qo'llab-quvatlash, ularning ijodiy izlanishlarini rivojlantirishdan iborat.
   Ko'rik-tanlovning asosiy vazifalari o'qituvchi va o'quvchilarning axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan ta'lim-tarbiya jarayonida samarali foydalanishini va kompyuter imkoniyatlaridan samarali foydalanib o'quvchilarni dasturchi kasbiga qiziqtirishdir.
    Ko'rik-tanlovning bu yilgi yakuniy respublika bosqichi Namangan shahrida o'tkazilib, unda tanlovga taqdim etilgan ishlar 2 ta yo'nalish bo'yicha baholandi.
  Birinchi yo'nalishda umumta'lim, ixtisoslashtirilgan va maxsus ta'lim muassasalari o'qituvchilari tomonidan yaratilgan eng yaxshi elektron axborot-ta'lim resurslari baholandi. Bu yo'nalishda 1-o'rinni Qashqadaryo viloyati, G'uzor tumani 1-sonli umumta'lim maktabining informatika fani o'qituvchisi Azamat Mavlanov, 2-o'rinni Toshkent shahar, M.Ulug'bek tumani 50-sonli umumta'lim maktabining matematika fani o'qituvchisi Irina Repyova, 3-o'rinni Toshkent viloyati, Ohangaron tumani 32-sonli umumta'lim maktabining informatika fani o'qituvchisi Xusan Xolqulov egalladilar.
    Ikkinchi yo'nalishda esa umumta'lim, ixtisoslashtirilgan va maxsus ta'lim muassasalari o'quvchilari tomonidan yaratilgan eng yaxshi elektron axborot-ta'lim resurslari baholandi. Bu yo'nalishda 1-o'rinni Buxoro viloyati, G'ijduvon tumani 4-sonli umumta'lim maktabining 9-sinf o'quvchisi Hamidov Azizbek qo'lga kiritgan bo'lsa, 2-o'rinni Surxondaryo viloyati, Termiz shahri 3-sonli umumta'lim maktabining 9-sinf o'quvchisi Nabiev Fazliddin, 3-o'rinni Qoraqalpog'iston Respublikasi Nukus shahri 25-sonli umumta'lim maktabining 8-sinf o'quvchisi Abuova Jansaya egalladi.




Manba: uzedu.uz
Maqola sanasi: 24 Iyun 2016 09:41


Yangiliklar bolimiga o'tish


Dolzarb
Hamkorlar
Mashhur maqolalar



  © Copyright 2017 O'zR XTV huzuridagi MUDRM      www.gov.uz    www.uz    www.aci.uz    www.eduportal.uz    www.uzedu.uz    Vulnerability Scanner