Multimedia
umumta'lim dasturlarini
rivojlantirish markazi
 Uzb     Rus     Eng   
 
 
Masofaviy ta'lim
O'qishga arziydi

  Onlayn muloqot
Do'stiga yuborish Do'stiga yuborish   Bosma uchun versiya Bosma uchun versiya

Xalq ta'limi vaziri Ulug‘bek Inoyatov bilan 2016 yilning 16 yanvar kuni onlayn muloqot bo‘lib o‘tdi.Onlayn muloqot vazirlikning rasmiy forumida tashkil etilib, unda xalq ta'limi tizimiga oid shikoyat, taklif va mulohazalar bildirildi.Onlayn muloqot ikki soatga mo‘ljalangan bo‘lsada, forum ishtirokchilari tomonidan bo‘lgan qiziqishning kattaligi va savollar oqimini ko‘pligi sabab muloqot yana bir soatga uzaytirildi.Muloqot davomida Ulug‘bek Inoyatov maktabgacha ta'lim, umumiy o‘rta ta'lim, “Barkamol avlod” bolalar markazlari, bolalar musiqa va san'at maktablari, bolalar va o‘smirlar sport maktablari, malaka oshirish tizimiga oid jamoatchilik savoliga onlayn rejimda real vaqtda javob qaytardi.

3 soatdan ko‘proq davom etgan muloqot davomida foydalanuvchilardan forum, vazirlikning elektron pochta manzili va “ishonch telefoni” ga kelib tushgan 107 ta savolga tezkorlik bilan javob qaytarildi. Qolaversa, forum ishtirokchilarining sohani rivojlantirish, ta'lim-tarbiya sifatini yaxshilash, pedagog kadrlarni rag'batlantirish va ularning har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasida bildirilgan takliflari o‘rganib chiqish uchun qabul qilindi.

Jamoatchilik bilan aloqalarni yanada yaxshilash, ayniqsa, internet tarmog‘i orqali tezkor axborot almashish tizimini joriy yetish maqsadida bu kabi jonli muloqotlarni tez-tez o‘tkazishga qaror qilindi.




Manba: uzedu.uz
Maqola sanasi: 18 Yanvar 2016 18:00


Yangiliklar bolimiga o'tish


Dolzarb
Hamkorlar
Mashhur maqolalar



  © Copyright 2017 O'zR XTV huzuridagi MUDRM      www.gov.uz    www.uz    www.aci.uz    www.eduportal.uz    www.uzedu.uz    Vulnerability Scanner