Multimedia
umumta'lim dasturlarini
rivojlantirish markazi
 Uzb     Rus     Eng   
 
 
Masofaviy ta'lim
O'qishga arziydi

  VI INNOVATSION G前YALAR, TEXNOLOGIYALAR VA LOYIHALAR RESPUBLIKA YARMARKASI
Do'stiga yuborish Do'stiga yuborish   Bosma uchun versiya Bosma uchun versiya

Multimedia umumta'lim dasturlarini rivojlantirish markazi joriy yilninig 24 aprel kuni boshlangan “VI Innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar respublika yarmarkasida” ishtirok etmoqda.

Mazkur yarmarkada Markaz tomonidan yaratilgan elektron axborot-ta’lim resurslar va dasturiy tizimlari taqdim etilmoqda.

Ingliz tilini o‘rganuvchilar uchun tayyorlangan elektron axborot-ta’lim resurlar ko‘rgazma ishtirokchilarida katta qiziqish uyg’otmoqda.

“O‘zekspormarkaz”da bu yil oltinchi marta o‘tkazilayotgan yarmarka O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi tomonidan tashkil etildi.

Unda vazirliklar, idoralar, banklar, iqtisodiyotimizning barcha tarmoqlari korxonalari, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari, fermer xo‘jaliklari, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi institutlari, oliy o‘quv yurtlari, ilmiy markazlar hamda tajriba-konstruktorlik tashkilotlari keng ishtirok etmoqda.



Maqola sanasi: 26 Aprel 2013 09:31


Yangiliklar bolimiga o'tish


Dolzarb
Hamkorlar
Mashhur maqolalar



  © Copyright 2017 O'zR XTV huzuridagi MUDRM      www.gov.uz    www.uz    www.aci.uz    www.eduportal.uz    www.uzedu.uz    Vulnerability Scanner