Multimedia
umumta'lim dasturlarini
rivojlantirish markazi
 Uzb     Rus     Eng   
 
 
Masofaviy ta'lim
O'qishga arziydi
  Multimedia umumta'lim dasturlarini rivojlantirish markazida Ziyonet seminari
Do'stiga yuborish Do'stiga yuborish   Bosma uchun versiya Bosma uchun versiya

Multimedia umumta'lim dasturlarini rivojlantirish markazida «Ta'lim va boshqaruv jarayonida AKTdan va “ZiyoNeT” tarmog‘idan foydalanishda yuzaga kelayotgan muammo va yechimlar» mavzusidagi amaliy seminar-trening o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi, Aloqa va axborotlashtirish agentligining “Uzinfokom” markazi hamda Multimedia umumta'lim dasturlarini rivojlantirish markazi hamkorligida tashkil etilgan mazkur seminarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi ta'lim, pedagog xodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘yicha mutaxassislar ishtirok etdi.

O‘zbekiston Respublikasi xalq ta'limi vazirining o‘rinbosari A.Xolbekov va boshqalar Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida yurtimizda yoshlarga puxta bilim berish jarayonida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan unumli foydalanish masalasiga alohida e'tibor qaratilayotganini ta'kidladi.

Vazirlikning rasmiy uzedu.uz veb-sayti hamda eduportal.uz
axborot-ta'lim portalining yuritilish holati va istiqbol
rejalari to‘g‘risida, Xalq ta'limi boshqaruv tizimiga elektron hujjat almashunuvini joriy etish, Dasturiy mahsulotlar yaratilishi bo‘yicha ma'ruzalar tinglandi.

Seminar –treningda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi, Toshkent shahar va viloyat xalq ta'limi boshqarmalari hamda hududiy pedagog xodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutlarining rasmiy veb-saytlari taxlili ham ko‘rib chiqildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002 yil 30 maydagi “Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish to‘g‘risida”gi PF-3080-sonli Farmoni,
2005 yil 8 iyuldagi “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-117-sonli va Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 6 iyundagi “Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 200-sonli qarorlari ijrosini ta'minlash yuzasidan Xalq ta'limi vazirligi tomonidan bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Bugungi kunda Xalq ta'limi vazirligining internet tarmog‘idagi rasmiy veb-sayti www.uzedu.uz faoliyat ko‘rsatmoqda.

Vazirlikning rasmiy veb-saytini belgilangan mezon va talablarga javob berishini tekshirish maqsadida O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi tomonidan o‘tkazilgan ekspertiza natijalariga ko‘ra 2010 yilda 89,3%, 2011 yilning 1-iyun holatiga esa 91,02% bilan “Belgilangan talablarga to‘liq javob berishi” to‘g‘risida xulosa berilgan.

Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 7 iyundagi 115-sonli qaroriga asosan yaratilgan www.eduportal.uz axborot ta'lim portali ham faoliyat olib bormoqda.

Mazkur axborot-ta'lim portalini ishga tushirishdan ko‘zlangan asosiy maqsad – xalq ta'limi tizimi uchun, xususan respublikamiz umumta'lim maktablari uchun yagona axborot va ta'lim muhitini yaratishdan iborat.

Bugungi kunda axborot-ta'lim portalga quyidagi resurslar joylashtirilgan:

1.     “Veb-Maktab” korporativ axborot tizimi;

2.     “Veb-Bog‘cha” korporativ axborot tizimi;

3.     Elektron darsliklar, o‘quv filmlari;

4.     Darsliklarning DjVu formatidagi elektron versiyalari;

5.     Virtual laboratoriyalar va boshqa resurslar;

6.     ElEearning - masofaviy ta'lim tizimi;

7.     SAMMeR pedagog xodimlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash institutlari davomati nazoratining avtomatlashtirilgan tizimi;

8.     O‘zaro muloqot forumi;

9.     Musiqa va san'at maktablari ma'lumotlar bazasi.

Xalq ta'limi vazirligining axborot-ta'lim portali (www.eduportal.uz) “Milliy UZ domeni 2010” internet-festivalida “Fan va ta'lim sohasidagi eng yaxshi sayt” nominatsiyasida 2-o‘rinni egallagan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 28 sentyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining jamoat ta'lim axborot tarmog‘ini tashkil etish to‘g‘risida”gi 191-sonli hamda Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 28 dekabrdagi “ZiyoNet” axborot tarmog‘ini yanada rivojlantirish to‘g‘risida”gi 282-sonli qarorlariga muvofiq umumiy o‘rta ta'lim maktablarini “ZiyoNet” tarmog‘iga ulash reja-jadvali tasdiqlangan bo‘lib, bugungi kunda 9403 ta umumta'lim maktablari “ZiyoNet” tarmog‘iga ulangan.

Bugungi kunda yurtimizdagi 9 ming 400 dan ziyod maktab mazkur tarmoqqa ulangan. “ZiyoNeT” foydalanuvchilari uchun ushbu tarmoqda ta'limning barcha bo‘g‘inlari haqidagi ma'lumotlar, ma'ruza matnlari, ilmiy ishlar, dars ishlanmalari, milliy qonunchilikka oid yangiliklar, o‘quv adabiyotlari va darsliklarning elektron shakli mavjud. Tarmoqdagi axborot resurslari muntazam ravishda boyitib borilmoqda.

Seminarda “ZiyoNeT” tarmog‘ini yanada rivojlantirish va ta'lim tizimida undan samarali foydalanishga oid ma'ruzalar tinglandi va muhokama etildi.

Seminar-trening davomida ishtirokchilar ta'lim va boshqaruv jarayoniga AKTni joriy etish holati, “ZiyoNeT” tarmog‘idan foydalanish, “ZiyoNeT” ta'lim portalini resurslar bilan boyitish hamda umumta'lim muassasalarida “ZiyoNeT” tarmog‘idan foydalanish jarayonida vujudga kelayotgan muammolarni muhokama qilib, kamchiliklarni bartaraf etish va shu kabi masalalar bilan tanishib chiqadilar va amaliy mashg‘ulotlarda ishtirok etdilar.



Maqola sanasi: 16 Sentyabr 2011 14:59


Yangiliklar bolimiga o'tish


Dolzarb
Hamkorlar
Mashhur maqolalar
  © Copyright 2012 O'zR XTV huzuridagi MUDRM      www.gov.uz    www.uz    www.aci.uz    www.eduportal.uz    www.uzedu.uz