Yangiliklar  >>

Koreya Respublikasi bilan hamokrlik ishlari

Joriy yilning 12 fevral kuni Multimedia umumta’lim dasturlarini rivojlantirsh markazida O‘zbekiston Respublikasi hamda Koreya Respublikasi o‘rtasida ta’limda AKTni rivojlantirsh masalasi bo‘yicha kelishuv yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri, Xalq ta’limi vaziri va Maktabgacha ta’lim vazirligi xodimlari hamda Koreya Respublikasining SIGONG Media rais o‘rinbosari Kvak Duk Xoon ishtirok etishdi.

19.02.2018

Koreya Respublikasining Tashqi ishlar vazirligi tomonidan olib boriladigan yordam dasturi doirasidagi ta’lim konsaltingi hamkori sifatida tanlangan. Ushbu dastur yuzasidan O‘zbekiston va Koreya ta’lim vazirlari Ta’lim sohasida AKTni joriy etish masalasida “Ta’limda AKT bo‘yicha texnik maslahatlar” to‘g‘risida ikki tomonlama hamkorlik Memorandumini imzolashdi. Bu dastur kelgusida O‘zbekiston o‘qituvchilari uchun AKT yo‘nalishida o‘quv modulining yo‘naltiruvchi tamoyillarini ishlab chiqish imkonini beradi.

Biz Koreya Davlati ta’lim kompaniyalari (edutech) uchun ta’lim kontenti sektorida yangi texnologiyalar (nou-xau), yuqori darajada ommalashgan va boy tajribaga ega keng imkoniyatlarni kutib qolamiz deb o‘z fikrini tugatdi SIGONG Media rais o‘rinbosari Kvak Duk Xoon.