Yangiliklar  >>

“Ittifoq” va “Kamalak” sardorlari uchun video-mahorat darsi o‘tkazildi

Joriy yilning 22 yanvar kuni “Ittifoq” va “Kamalak” sardorlari uchun kuni video-mahorat darsi tashkil etildi, o‘tkazilgan tadbirda respublkaning barcha hududlaridan sardorlar ishtirok etishdi.

24.01.2018

Joriy yilning 22 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirining 2017 yil 14 noyabrdagi “Yoshlar bilan ishlash jarayonlarini takomillashtirishga xizmat qiladigan namunaviy ta’lim muassasalarini tashkil etish to‘g‘risida”gi 355-sonli buyrug‘i asosida umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan o‘quvchi yoshlar uchun “Internet tarmog‘idan samarali foydalanish davr talabi” mavzusida to‘g‘risidan-to‘g‘ri (onlayn) video-mahorat darsi o‘tkazildi.

O‘tkazilgan video-mahorat darsida umumiy o‘rta ta’lim muassasalari boshlang‘ich tashkilotlari “Ittifoq” va “Kamalak” sardorlari yoshlar yetakchilari hududiy studiyalarda ishtirok etdilar.