E`lonlar  >>

Multimedia umumta’lim dasturlarini rivojlantirish markazi “Korruptsiya – ma’naviyat tanazzuli” mavzusida videorolik tayyorlash uchun ijrochi tashkilotlarga e’lon qiladi

O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Multimedia umumta’lim dasturlarini rivojlantirish markazi “Korruptsiya – ma’naviyat tanazzuli” mavzusida videorolik tayyorlash uchun ijrochi tashkilotlarga e’lon qiladi. Videorolik DVD disk shaklida tayyorlanishi hamda bitta tayyor rolikning davomiyligi 4 daqiqadan kam bo’lmasligi kerak.

12.12.2017

O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Multimedia umumta’lim dasturlarini rivojlantirish markazi “Korruptsiya – ma’naviyat tanazzuli” mavzusida videorolik tayyorlash uchun ijrochi tashkilotlarga e’lon qiladi. Videorolik DVD disk shaklida tayyorlanishi  hamda  bitta tayyor rolikning davomiyligi 4 daqiqadan kam bo’lmasligi kerak. Boshlang’ich eng yuqori (maksimal) narxi 25 000 000 so’m.

Ijrochi tashkilotning audio va video asarlarni olish bo’yicha litsenziyasi va ro’yxatdan o’tganligi to’g’risidagi guvohnomasi talab etiladi.

Tayyor holatdagi videorolik ijrosi jihatidan sifatli va  halqimiz sevgan artist va aktyorlar ishtiroki ta’minlanishi shart. Aktyorlar faqat bir marta rol ijro etishi va HD formatida tasvirga olinishi lozim hamda tayyor mahsulotni 3 bank kuni ichida o’z hisobidan Buyurtmachining manziliga  yetkazib berishi kerak.

 To’lovlar quyidagi tartibda amalga oshiriladi: Oldindan to’lov 15% miqdorida shartnoma imzolangan kundan boshlab 5 bank kuni ichida amalga oshiriladi.

Qolgan 85% to’lov tayyor holatdagi videorolik yetkazib berilgandan keyin schyot-faktura va bajarilgan ishlar haqidagi dalolatnomalarga  asosan  o’tkazib beriladi

Mahsulot o’z vaqtida yetkazib berilmaganda, har bir kechiktirilgan kun uchun yetkazib berilmagan qismining 0,5% miqdorida jarima undiriladi, ammo shartnoma summasining 30%idan oshmagan miqdorida.

Ijrochi tashkilotlar tomonidan berilgan tijorat takliflari 2017 yil 22 dekabrь soat 15-00 ga qadar O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Mulьtimedia umumta’lim dasturlarini rivojlantirish markazining xaridlar bo’yicha tanlov komissiyasiga topshiriladi. Manzil Toshkent shahri 100194, Yunusobod tumani 49b uy, telefon: 202-13-93, faks:223-16-31