E`lonlar  >>

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Multimedia umumta’lim dasturlarini rivojlantirish markazi DVD-R (printable surface), 4,7Gb hajmli, purkovchi (rangli) siyohli printerda chop etishga mo‘ljallangan

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Multimedia umumta’lim dasturlarini rivojlantirish markazi DVD-R (printable surface), 4,7Gb hajmli, purkovchi (rangli) siyohli printerda chop etishga mo‘ljallangan disklarni (keyingi o‘rinlarda disk deb yuritiladi) sotib olish uchun yetkazib beruvchi tashkilotlarga e’lon qiladi. Disk miqdori 112000 dona, bir dona diskning boshlang’ich eng yuqori (maksimal) narxi 2600 so‘m.

05.12.2017

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Multimedia umumta’lim dasturlarini rivojlantirish markazi DVD-R (printable surface), 4,7Gb hajmli, purkovchi (rangli) siyohli printerda chop etishga mo‘ljallangan disklarni (keyingi o‘rinlarda disk deb yuritiladi) sotib  olish uchun yetkazib beruvchi tashkilotlarga e’lon qiladi. Disk miqdori 112000 dona, bir dona diskning boshlang’ich eng yuqori (maksimal) narxi 2600 so‘m.

Yetkazib beruvchi tashkilotning ulgurji savdoni amalga oshirish uchun  berilgan litsenziyasi va ro‘yxatdan o‘tganligi to‘g‘risidagi guvohnomasi talab etiladi.

Yetkazib beriladigan disklar yetakchi ishlab chiqaruvchilar tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib yuqori darajadagi sifatga ega bo‘lishi kerak.

Yetkazib berilgandan keyin disklarni ko‘paytirish jarayonida aniqlangan nuqsonlar  yoki yaroqsiz holatdagi disklar Buyurtmachi tomonidan yozma ravishdagi murojaatiga asosan alohida tuzilgan dalolatnoma asosida qaytarilib beriladi va nuqsonli disklar soni to‘liq Yetkazib beruvchi tashkilot tomonidan qoplanadi.

Disklarni yetkazib beruvchi tashkilot 5 bank kunida o‘z hisobidan Buyurtmachining manziliga  yetkazib beradi.

 To‘lovlar quyidagi tartibda amalga oshiriladi: Oldindan to‘lov 15% miqdorida shartnoma imzolangan kundan boshlab 5 bank kuni ichida amalga oshiriladi.

Qolgan 85% to‘lov disklar to‘liq yetkazib berilgandan keyin schyot-faktura-yuk xatiga asosan Buyurtmachining moliyaviy imkoniyatlariga qarab o‘tkazib beriladi

Disklar o‘z vaqtida yetkazib berilmaganda, har bir kechiktirilgan kun uchun yetkazib berilmagan qismining 0,5% miqdorida penya undiriladi, ammo shartnoma summasining 30%dan oshmagan miqdorida.

Yetkazib berilgan disklar belgilangan standartlarga va texnik talablari boshqa majburiy talablarga to‘g‘ri kelmaganda yoki sifat darajasi past bo‘lgan holatlarda Yetkazib beruvchi Buyurtmachiga ko‘rsatilgan mahsulot qiymatining  20% miqdorida jarima to‘lab beradi.

Yetkazib beruvchi tashkilotlar tomonidan berilgan tijorat takliflari 2017 yil 15 dekabr soat 15-00 ga qadar O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Multimedia umumta’lim dasturlarini rivojlantirish markazining xaridlar bo‘yicha tanlov komissiyasiga topshiriladi. Manzil Toshkent shahri 1000194, Yunusobod tumani 49b uy, telefon: 202-13-93, faks:223-16-31.