E`lonlar  >>

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Multimedia umumta’lim dasturlarini rivojlantirish markazi quyidagi tovarlarni sotib olish uchun yetkazib beruvchi tashkilotlarga e’lon qiladi:

50 dona DVD-RW ketma-ket yuqori tezlikda nuqsonlarsiz yozuvchi sifatli diskovod, bir dona diskovodning boshlang’ich eng yuqori (maksimal) narxi 400 000 so‘mdan, 6 komplekt purkovchi (rangli) siyohli printerlar uchun bo‘yoqlar (1 komplektda 6 xil rang, har bittasi 0,5 litrdan, pegment emas, printer purkovchi blokida (golovka) tez qotib qolmaydigan), bir dona siyohning boshlang’ich eng yuqori (maksimal) narxi 380 000 so‘mdan

05.12.2017

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Multimedia umumta’lim dasturlarini rivojlantirish markazi quyidagi tovarlarni  sotib  olish uchun yetkazib beruvchi tashkilotlarga e’lon qiladi:

a.  50 dona DVD-RW ketma-ket yuqori tezlikda nuqsonlarsiz yozuvchi sifatli diskovod, bir dona diskovodning boshlang’ich eng yuqori (maksimal) narxi 400 000  so‘mdan;

b.  6 komplekt purkovchi (rangli) siyohli printerlar uchun bo‘yoqlar (1 komplektda 6 xil rang, har bittasi  0,5 litrdan, pegment emas, printer purkovchi blokida (golovka) tez qotib qolmaydigan), bir dona siyohning boshlang’ich eng yuqori (maksimal) narxi 380 000  so‘mdan;

(a va b  banda mahsulotlari keyingi o‘rinlarda mahsulotlar deb yuritiladi)

Yetkazib beruvchi tashkilotning ulgurji savdoni amalga oshirish uchun  berilgan litsenziyasi va ro‘yxatdan o‘tganligi to‘g‘risidagi guvohnomasi talab etiladi.

Yetkazib beriladigan mahsulotlar yetakchi ishlab chiqaruvchilar tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib yuqori darajadagi sifatga ega bo‘lishi kerak.

Yetkazib beruvchi mahsulotlarni 5 bank kunida o‘z hisobidan Buyurtmachining manziliga  yetkazib beradi.

 To‘lovlar quyidagi tartibda amalga oshiriladi: Oldindan to‘lov 15% miqdorida shartnoma imzolangan kundan boshlab 5 bank kuni ichida amalga oshiriladi.

Qolgan 85% to‘lov mahsulotlar to‘liq yetkazib berilgandan keyin schyot-faktura-yuk xatiga asosan Buyurtmachining moliyaviy imkoniyatlariga qarab o‘tkazib beriladi

Mahsulotlar o‘z vaqtida yetkazib berilmaganda, har bir kechiktirilgan kun uchun yetkazib berilmagan qismining 0,5% miqdorida penya undiriladi, ammo shartnoma summasining 30%dan oshmagan miqdorida.

Yetkazib berilgan tovarlar belgilangan standartlarga va texnik talablari boshqa majburiy talablarga to‘g‘ri kelmaganda yoki sifat darajasi past bo‘lgan holatlarda Yetkazib beruvchi Buyurtmachiga ko‘rsatilgan mahsulot qiymatining 20% miqdorida jarima to‘lab beradi.

Yetkazib beruvchi tashkilotlar tomonidan berilgan tijorat takliflari 2017 yil 15 dekabr soat 15-00 ga qadar O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Multimedia umumta’lim dasturlarini rivojlantirish markazining xaridlar bo‘yicha tanlov komissiyasiga topshiriladi. Manzil Toshkent shahri 1000194, Yunusobod tumani 49b uy, telefon: 202-13-93, faks:223-16-31.