Yangiliklar  >>

“Ta’limda innovatsiyalar, investitsiyalar va intellektual salohiyat: muammolar, tahlillar va istiqbollar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferentsiyasi o’tkazildi

“Ta’limda innovatsiyalar, investitsiyalar va intellektual salohiyat: muammolar, tahlillar va istiqbollar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferentsiyasi o’tkazildi 2017 yil 24 noyabrь kuni “Ta’limda innovatsiyalar, investitsiyalar va intellektual salohiyat: muammolar, tahlillar va istiqbollar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferentsiyasi Navoiy davlat pedagogika instituti huzuridagi xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi tomonidan Navoiy shahridagi “Yoshlar markazi” ning kichik faollar zalida o’tkazildi.

TA`LIMDA INNOVATSIYALAR, INVЕSTITSIYALAR VA INTЕLLЕKTUAL SALOHIYAT: MUAMMOLAR, TAHLILLAR VA ISTIQBOLLAR

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoev rahnamoligida mamlakatimizda mustaqillik yillarida amalga oshirilgan keng ko’lamli islohotlar milliy davlatchilik va suverenitetni mustahkamlash, xavfsizlik va huquq-tartibotni, davlatimiz chegaralari daxlsizligini, jamiyatda qonun ustuvorligini, inson huquq va erkinliklarini, millatlararo totuvlik va diniy bag’rikenglik muhitini ta’minlash uchun muhim poydevor bo’lgan “2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasi”ning ishlab chiqilishi, xalqimizning munosib hayot kechirishi, fuqarolarimizning bunyodkorlik salohiyatini ro’yobga chiqarish uchun zarur shart-sharoitlar yaratdi. 

Ushbu Harakatlar strategiyasida va Davlatimiz rahbarining 2017 yil 26 sentyabrdagi “Pedagog kadrlarni tayyorlash, xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora tadbirlari to’g’risida”gi PQ-3289-son Qarorida belgilab berilgan vazifalar ijrosi natijalari asosida Navoiy davlat pedagogika instituti huzuridagi xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi tomonidan  2017 yil 24 noyabrь kuni “Ta’limda innovatsiyalar, investitsiyalar va intellektual salohiyat: muammolar, tahlillar va istiqbollar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferentsiyasi Navoiy shahridagi “Yoshlar markazi” ning kichik faollar zalida o’tkazildi.