Yangiliklar  >>

‘‘Maktab pasporti‘‘ - amalda

‘‘Maktab pasporti‘‘ tizimini amaliyotga joriy etish bo‘yicha seminar-trening o‘tkazildi

20.10.2017

         Multimedia umumta‘lim dasturlarini rivojlantirish markazi tomonidan yaratilgan ‘‘Maktab pasporti‘‘ tizimini amaliyotga joriy etish bo‘yicha Markazda 09.07.2017 da Toshkent viloyati XTB tasarrufidagi ta‘lim muassasalari vakillari ishtirokida seminar-trening o‘tkazildi. Unda tizimga ma‘lumotlar kiritish va undan foydalanish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar tashkil etildi. Ishtirokchilar tomonidan berilgan taklif va tavsiyalar asosida tizim qayta takomillashtirildi.

Eslatib otamiz. ‘‘Maktab pasporti‘‘ tizimiga ma‘lumotlar kiritish boshlandi. Unga kirish uchun xt.uzedu.uz tizimiga kirib ‘‘Login‘‘ va ‘‘Parol‘‘ orqali kiriladi. Foydalanish bo‘yicha to‘liq ma‘lumotlarni yo‘riqnomadan bilishingiz mumkin.