Yangiliklar  >>

Multimedia umumta‘lim dasturlarini rivojlantirish markazida videokonferensiya o‘tkazildi

(Videokonferensiya. 2017 yil 6-sentyabr)

18.01.2017

         Joriy yilning 6 sentabr kuni Multimedia umumta‘lim dasturlarini rivojlantirish markazida Xalq ta‘limi vazirligining 2016 yil 24-avgustdagi 02-02-1-11-2944-sonli (Asosiy ko‘rsatkichlar), 2016 yil 30-avgustdagi 02-02-1-11-2982-sonli (o‘quvchilar harakati) xatlari ijrosiga va O‘zbekiston Respublikasi tomonidan ratifikatsiya qilingan bolalar huquqlariga oid Xalqaro Mehnat Tashkiloti konvensiyalarining umumta‘lim muassasalaridagi ijrosiga bag‘ishlangan o‘quv-amaliy seminar videokonferensiya shaklida o‘tkazildi. 
Videokonferensiyada Vazirning birinchi o‘rinbosari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta‘limi vaziri, Toshkent shahri xalq ta‘limi bosh boshqarmasi va viloyatlar xalq ta‘limi boshqarmalari boshliqlarining o‘rinbosarlari, vazirlikning tegishli boshqarma va bo‘lim boshliqlari, vazirlik tasarrufidagi umumta‘lim muassasalari rahbarlari qatnashdilar.