Yangiliklar  >>

Chet tillarini o‘rganish bo‘yicha EATRlar tajriba-sinovi boshlandi.

Chet tillarni o‘rganish

26.06.2017

     O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 10-dekabrdagi “Chet tillarni o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida‘‘gi PQ-1875-sonli qarorining ijrosini ta‘minlash bo‘yicha Respublika ta‘lim markazi bilan hamkorlikda Multimedia umumta‘lim dasturlarini rivojlantirish markazi tomonidan 5-sinflar uchun ingliz, fransuz va nemis tillari darsliklari multimediali ilovalarining tajriba sinov shakllari yaratildi.Joriy yilning 13-yanvar kuni 5-sinf chet (ingliz, nemis va fransuz) tillaridan yangi yaratilgan EATRlarning o‘quvchilar yoshi va psixo-fiziologik xususiyatlariga mosligini aniqlash, sinflar o‘rtasidagi uzviyligini tajriba-sinovdan o‘tkazishni tashkil etishga bag‘ishlangan videokonferensiya va o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi. EATRlarning tajriba-sinov variantlarini O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta‘limi vazirligi axborot-ta‘lim portalining Elektron kutubxona bo‘limi, EATRlarning tajriba-sinov shakli ruknidan (http://eduportal.uz/uzb/info/library/tajriba/ elektron manzilidan) yuklab olishingiz mumkin.