Yangiliklar  >>

Joriy yilning 10-12 sentyabr kunlari seminar-treninglarning tashkil etildi​

Joriy yilning 10-12 sentyabr kunlari Multimedia umumtalim dasturlarini rivojlantirish markazida oʻqituvchilar uchun Xalq taʼlimi tizimi xodimlarini taʼlim sifati monitoringi jarayonini samarali tashkil etish hamda trenerlar tayorlash boʻyicha “Oʻquvchilar bilimini xalqaro baholash talablari asosida testlarni davlat taʼlim standartlariga mos ravishda tuzish texnologiyasi” mavzusidagi seminar-treninglarning tashkil etildi.

13.09.2018

Mazkur seminarnda testologiya boʻyicha mutaxassis, xalqaro toifadagi trener amerikalik Mark Zelman oʻzining tajribasi bilan oʻrtoqlashib, testlarning oʻquvchi psixologiyasiga judayam muhim taʼsir koʻrsatishi haqida aytib oʻtdi. Uning taʼkidlashicha, oʻquvchi bilimini toʻrt bosqichda aniqlash mumkin ekan. Yaʼni, eslash, mulohaza qilish, bir nechta yechimlarni topish va bilimlarni hayotga tatbiq etish orqali.

– Bilasizmi, oʻquvchi testning javobini topishi asosiy natija emas, – deydi u. – Eng muhimi, yil davomida toʻplagan bilimlarini hayotga tatbiq qila olishidir. Bunda ularga beriladigan test uning bilim saviyasiga mos boʻlishi nihoyatda ahamiyatlidir. Bola testni yechishga koʻzi yetsagina uni ishlashga harakat qilib koʻradi. Mabodo qiyinchilik tugʻdirsa, qayrilib ham qaramaydi.