Yangiliklar  >>

2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vaziri tomonidan 2017 yil 23 oktyabrdagi “2017-2018 yillarda Xalq ta’lim vazirligi tizimida ko‘rsatiladigan davlat xizmatlarini elektron (interaktiv) turlarga o‘tkazish jadvali”ga muvofiq markaz tomonidan 6 ta davlat xizmatini elektron turlarga o‘tkazish bo‘yicha ishlar amalga oshirilmoqda. Bugungi kunda reglament loyihasi ishlab chiqilib ushbu dasturlar mavjud “xt.uzedu.uz” dasturiy tizim platformasi asosida yaratilmoqda.

07.05.2018

Vazirlik tizimidagi barcha dasturiy tizimlar yangi ko‘rinishda umumiy va yagona bazaga keltirilayotganligi sababli yuqoridagi davlat xizmatlarini elektron turlarga o‘tkazish jadvalidagi dasturlarni yaratish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Bu borada Vazirlikning Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish bo‘limi va Adliya vazirligining mas’ul xodimlari bilan hamkorlikda ish olib borilmoqda. Bugungi kunda “Xorijiy fuqarolar hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning bolalarini umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha arizasini qabul qilish”, “Yo‘qolgan shahodatnoma o‘rniga dublikat olish uchun ariza berish” hamda “Imtihonlarni eksternat tartibda topshirish uchun arizalarni qabul qilish interaktiv xizmatni tashkil etish” interaktiv xizmatlari tizimi ishlab chiqildi.

“Berilgan shahodatnoma haqiqiyligi haqida ma’lumot taqdim etish”, “O‘quvchilarni bitta ta’lim muassasasidan boshqasiga o‘tkazish (o‘quvchilar harakati)” dasturiy tizimlarining barcha jadvallari hamda funksiyaonal protseduralari ishlab chiqildi.

Bugungi kunda inerfeysi ishlab chiqilmoqda. Yaratilgan dasturiy tizimdan foydalanish uchun fuqaro ro‘yxatdan o‘tadi hamda login va parolni kiritgan holda shaxsiy kabinetga kiradi va jadval ko‘rinishidagi katakchalarni to‘ldiradi, shundan so‘ng so‘ralgan hujjatlarning elektron variantini biriktirib yuborish amallarini bajaradi. Hozirda shubu interaktiv xizmatlarining modullari ishlab chiqilmoqda.

“Darsliklarning ijarasi uchun onlayn va mobil to‘lovlar” tizimi “National Engineering Technologies” MCHJ tomonidan yaratilayotganligi sababli, markaz tomonidan ushbu tizimni yaratish ishlari to‘xtatildi.