Yangiliklar  >>

Namunaviy video va audiodarslarda ishtirok etadigan ilg‘or o‘qituvchilar uchun o‘quv seminar o‘tkazildi

Joriy yilning 13 aprel kuni Multimedia umumta’lim dasturlarini rivojlantirish markazida 2018 yilda xalq ta’limi tizimidagi pedagog xodimlar ishtirokida Respublika Ta’lim markazi, Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi, Toshkent viloyati xalq ta’limi boshqarmalari bilan hamkorlikda o‘quv seminar o‘tkazildi

20.04.2018

Joriy yilning 13 aprel kuni Multimedia umumta’lim dasturlarini rivojlantirish markazida 2018 yilda xalq ta’limi tizimidagi pedagog xodimlar ishtirokida Respublika Ta’lim markazi, Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi, Toshkent viloyati xalq ta’limi boshqarmalari bilan hamkorlikda tayyorlanishi rejalashtirilgan namunaviy video va audiodarslarda ishtirok etishi belgilangan ilg‘or o‘qituvchilar bilan o‘quv seminari o‘tkazildi. Unda markazning videooperatori M.Ataxojayev, ta’lim bo‘yicha bosh mutaxassis D.Zaynobiddinovalar namunaviy video va audiodarslarni tayyorlash jarayoni haqida tushuncha berdilar. Shuningdek, o‘qituvchilar markaz studiyasi bilan tanishtirilib, kamera oldida o‘zlarini sinab ko‘rdilar.