Yangiliklar  >>

Metodistlar on-line testdan o‘tkazilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2018 yil 7 fevraldagi “Metodik xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash, metodistlar faoliyati samaradorligini o‘rganish va ularning malakasini oshirish bo‘yicha amaliy o‘quv seminarini tashkil etish to‘g‘risida”gi 35-sonli buyrug‘i asosida xalq tizimida faoliyat olib borayotgan barcha fan metodistlarining mutaxassisligi va uzluksiz xizmat ko‘rsatishdagi axborot kommunikatsiya savodxonligi yuzasidan bilimlarini o‘rganish bo‘yicha Multimedia umumta’lim dasturlarini rivojlantirish markazi hamda Respublika ta’lim markazi hamkorlikda joriy yilning 23-24 fevral kunlari davomida on-line test jarayoni o‘tkazilmoqda.

24.02.2018

 

 

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2018 yil 7 fevraldagi “Metodik xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash, metodistlar faoliyati samaradorligini o‘rganish va ularning malakasini oshirish bo‘yicha amaliy o‘quv seminarini tashkil etish to‘g‘risida”gi 35-sonli buyrug‘i asosida xalq ta’limi tizimida faoliyat olib borayotgan barcha fan metodistlarining mutaxassisligi va uzluksiz xizmat ko‘rsatishdagi axborot kommunikatsiya savodxonligi yuzasidan bilimlarini o‘rganish bo‘yicha Multimedia umumta’lim dasturlarini rivojlantirish markazi hamda Respublika ta’lim markazi tomonidan on-line jarayoni o‘tkazilmoqda. Mazkur jarayon ikki kun, ya’ni joriy yilning 23-24 fevral kunlari davomida, http://test.uzedu.uztizimi yordamida amalga oshiriladi.

Test jarayonlari hudulardagi 14 ta xalq ta’limi boshqarmalarining videokonferensiya zallarida tashkil etilgan bo‘lib, jarayon bevosita videokuzatuv orqali olib borilmoqda.

Fan metodistlari o‘z mutaxassisliklari, shuningdek metodika-pedagogika va AKT yo‘nalishlari bo‘yicha, 100 ballik baholash tizimida asosida umumiy 30 ta savoldan test sinovlarini topshiradilar:

  • mutaxassisligi bo‘yicha 15ta savol, maksimal 60 ball;
  • metodika va pedagogika bo‘yicha 10 ta savol, maksimal 30 ball;
  • AKT yo‘nalishi bo‘yicha 5 ta savol, maksimal 10 ball.

O‘rganish natijalarining tahlillari asosida metodistlar bilimidagi muayyan bo‘shliqlar va ularning ehtiyojlari aniqlanib, aniqlangan bo‘shliq va ehtiyojlarni to‘ldirish bo‘yicha Respublika ta’lim markazi metodistlari tomonidan o‘quv-metodik materiallar ishlab chiqiladi, fan metodistlarining malakasini oshirish bo‘yicha amaliy o‘quv seminari materiallari va tegishli tavsiyalar tayyorlanadi.

Fan metodistlarining malakasini oshirish bo‘yicha amaliy o‘quv seminarlari joylarda, hududiy xalq ta’limi boshqaruv idoralari tomonidan tanlab olingan, zarur moddiy-texnik vositalar bilan ta’minlangan va tegishli shart-sharoitlar yaratilgan ta’lim muassasalari negizida, joriy yilning 5-10 mart kunlari tashkil etiladi.

Test natijalariga ko‘ra yuqori bilim va ko‘rsatkichlarni namoyish etgan fan metodistlarini moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish choralari ko‘riladi.