Hujjatlar  >> Markaz nizomi

I. UMUMIY QOIDALAR

  • 1.1. Ozbekiston Respublikasi Xalq talimi vazirligi huzuridagi multimedia umumtalim dasturlarini rivojlantirish markazi (keyingi o‘rinlarda - Markaz) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 7-iyundagi ‘‘O‘zbekiston Respublikasi Xalq talimi vazirligi huzurida Multimedia umumtalim dasturlarini rivojlantirish markazini tashkil etish chora-tadbirlari tog‘risida‘‘gi 110-sonli qaroriga muvofiq tashkil etilgan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Xalq talimi vazirligi tarkibiga kiruvchi muassasa hisoblanadi.
  • 1.2. Markaz o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmon, qaror va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlari, Xalq talimi vazirligining hayat qarorlari, buyruqlar va mazkur Ustav asosida amalga oshiradi.
  • Markazning toliq rasmiy nomlanishi:

    • o‘zbek tilining lotin alifbosida - Ozbekiston Respublikasi Xalq talimi vazirligi huzuridagi multimedia umumtalim dasturlarini rivojlantirish markazi;
    • rus tilida - Центр развития мультимедийных общеобразовательных программ при Министерстве народного образования Республики Узбекистан;
    • ingliz tilida - Center of the development of multimedia education programs under the Ministry of Public Education of the Republic of Uzbekistan.
  • 1.4. Markazning yuridik (pochta) manzili: O‘zbekiston Respublikasi, Mustaqillik maydoni, 5, 417 xona.
  • 1.5. Markaz davlat ro‘yxatidan o‘tganidan so‘ng yuridik shaxs maqomini oladi. Markaz o‘zining mol-mulkiga, balansiga, bank muassasalarida hisob-kitob, valuta va boshqa hisob raqamlariga, O‘zbekiston Respublikasi davlat gerbi tushirilgan muhrga, shtampga, emblemaga va faoliyatini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan boshqa xizmat atributikasi hamda rekvizitlarga ega.
  • 1.6. Markazning moddiy-texnika taminoti va xodimlar mehnatiga xaq to‘lash davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘lar doirasida va qonunlar bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan yuritiladi.

II. MARKAZNING ASOSIY VAZIFALARI VA FUNKSIYALARI

  • 2.1. Markazning asosiy vazifalari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:

    • Talim beradigan elektron multimedia ilovalarni ishlab chiqish;
    • Ilgari ishlab chiqilgan talim beradigan elektron resurslar va nashrlarni boshqa tillardan mahalliy tillarga moslashtirish va mahalliylashtirish;
    • Kompyuter asbob-uskunalaridan, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘yicha talim beradigan resurslar va treninglardan foydalanish samaradorligini tadbiq qilish, tahlil etish hamda monitoringini olib borish;
    • Xalq talimi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutlari xodimlari uchun trening kurslarini ishlab chiqish va ularni o‘tkazish;
    • Axborot-talim veb-portali joylashtiriladigan server maydonchasini tashkil etish, qo‘llab-quvvatlash va boshqarish;
    • Axborot-talim veb-portalini tashkil etish va qo‘llab-quvvatlash;
    • Umumtalim maktablarini axborot-talim veb-portaliga ulash.
  • Markaz o‘ziga yuklatilgan vazifalarni ijrosini taminlash maqsadida quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

    • Xalq talimi tizimida axborotlashtirishni rivojlantirish bo‘yicha konsepsiya, strategiya va dasturlarni ishlab chiqishda ishtirok etadi;
    • Talim beradigan elektron multimedia ilovalarni ishlab chiqishda, talim tizimini axborotlashtirish Davlat dasturlari va Xalqaro moliya institutlari ishtirokidagi investitsion dasturlar doirasida ilgari ishlab chiqilgan talim beradigan elektron resurslarni va nashrlarni boshqa tillardan mahalliy tillarga moslashtirish va mahalliylashtirishda ishtirok etadi;
    • Kompyuter asbob-uskunalaridan, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘yicha talim beradigan resurslar va treninglardan foydalanish - samaradorligini tadqiq qilish, tahlil etish hamda monitoringini olib borishda qatnashadi;
    • Xalq talimi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutlari xodimlari uchun trening kurslarini ishlab chiqadi va ularni o‘tkazadi;
    • Axborot-talim veb-portali joylashtiriladigan server maydonchasini tashkil etadi, boshqarib borilishini taminlaydi;
    • Axborot-talim veb-portalini tashkil etish va qollab-quvvatlash bilan bog‘liq tadbirlarni amalga oshiradi;
    • Umumtalim maktablarini axborot-talim veb-portaliga ulash bo‘yicha tadbirlarni amalga oshiradi.

III. MARKAZNING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI

  • 3.1. Markaz o‘ziga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:

    • Belgilangan tartibda hududiy Xalq talimi boshqaruv organlaridan, hududiy Xalq talimi xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutlaridan, Xalq talimi vazirligi tarkibiga kiruvchi boshqa ilmiy va talim muassasalaridan zarur malumotlarni, xujjatlarni, shu jumladan, tahliliy, statistik va Markaz vakolatiga kiradigan boshqa malumotlarni olish;
    • Belgilangan tartibda hududiy Xalq talimi boshqaruv organlarini, hududiy Xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutlarini, Xalq ta’limi vazirligi tarkibiga kiruvchi boshqa ilmiy va talim muassasalarini ilgari ishlab chiqilgan talim beradigan elektron resurslarni va boshqa tillardagi nashrlarni O‘zbekiston Respublikasida o‘qitiladigan tillarga moslashtirish va mahalliylashtirishga jalb qilish;
    • Tahlillar olib borish va Xalq talimi tizimini axborotlashtirish dasturiga qo‘shimchalar kiritish maqsadida hududiy Xalq talimi xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutlarida, Xalq talimi vazirligi tarkibiga kiruvchi boshqa ilmiy va talim muassasalarida mavjud kompyuter texnikalaridan, o‘quv resurslaridan va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘yicha treninglardan samarali foydalanish bo‘yicha tadqiqot, tahlil va monitoringlar olib borish;
    • Xalq talimi tizimini axborotlashtirish bo‘yicha dasturlar va loyixalarga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish va Xalq talimi vazirligi rahbariyatiga kiritish;
    • Markaz O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega.
  • 3.2. Markaz o‘ziga yuklatilgan vazifalarning samarali ijrosini taminlash uchun javob beradi.

IV. MARKAZ FAOLIYATINI TASHKIL ETISH

  • 4.1. Markazga O‘zbekiston Respublikasi Xalq talimi vaziri buyrug‘i bilan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan direktor rahbarlik qiladi.
  • 4.2. Markaz direktori:

    • Barcha respublika, mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlarida, tijorat va notijorat tashkilotlarida Markaz vakili sifatida qatnashadi;
    • Markazga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun shaxsiy javobgar hisoblanadi;
    • Xodimlarning vakolatini aniqlaydi, ular o‘rtasidagi lavozim majburiyatlari va javobgarlik darajasini belgilaydi;
    • Markaz xodimlari uchun bajarilishi majburiy bo‘lgan buyruqlar va ko‘rsatmalar chiqaradi;
    • Belgilangan tartibda xodimlar jadvalini tasdiqlaydi, markaz xodimlariga beriladigan moddiy rag‘batlantirish va yordamlarning xajmi hamda tartibini belgilaydi;
    • Markaz nomidan shartnoma va kelishuvlar, shu jumladan mehnat shartnomalarini tuzadi, Markaz xodimlarini ishga qabul qiladi va ishdan bo‘shatadi;
    • Qonunchilik bilan belgilangan tartibda Markaz faoliyati bilan bog‘liq boshqa vazifalarni hal qiladi.
    • Markaz direktori, bir vaqtda rivojlanish va tadqiqotlar bo‘limi boshlig‘i (AKT bo‘yicha bosh mutaxassis) vazifasini bajaruvchi, Markaz direktori buyrug‘i bilan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan bo‘shatiladigan bitta o‘rinbosarga ega.
    • Direktor o‘rinbosari unga topshirilgan vazifalar uchun masul hamda direktor yo‘qligida uning vazifalarini bajaradi.
    • Markaz quyidagi beshta bo‘limdan iborat:

      • Talim beradigan multimedia ilovalarini ishlab chiqish bo‘limi;
      • Trening kurslarini ishlab chiqish va ularni o‘tkazish bo‘limi;
      • Rivojlanish va tadqiqotlar bo‘limi;
      • Server maydonchasini boshqarish bo‘limi;
      • Moliyalashtirish bo‘limi.

V. MARKAZ FAOLIYATINI QAYTA TASHKIL ETISH YOKI TUGATISH

  • 5.1. Markazni tugatish yoki qayta tashkil etish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
  • 5.2. Markaz qayta tashkil etilganda yoki tugatilganda Markaz xodimlarining huquqlari himoya qilinishi O‘zbekiston Respublikasi Qonunchiligiga muvofiq kafolatlanadi.

   20.10.2017