Tashkiliy tuzilma  >>

Markaz faoliyatining asosiy yonalishi va vazifalari

O’zbekiston Respuiblikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 7 iyundagi 110-sonli “O’zbekiston Respuiblikasi Xalq ta’limi vazirligi huzurida Multimedia umumta’lim dasturlarini rivojlantirish Markazini tashkil etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Qarorida Markazga quyidagi vazifalar yuklatilgan: 

Ta’lim beradigan multimedia ilovalarini ishlab chiqish (Ta’lim beradigan multimedia ilovalarni ishlab chiqish bo’limi); 
Ilgari ishlab chiqilgan ta’lim beradigan elektron resurslarni va boshqa tillardagi nashrlarni O’zbekiston Respublikasida o’qitiladigan tillarga moslashtirish va mahalliylashtirish (Ta’lim beradigan multimedia ilovalarni ishlab chiqish bo’limi); 
Kompyuter asbob-uskunalaridan, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo’yicha ta’lim beradigan resurslar va treninglardan foydalanish samaradorligini tadqiq qilish, tahlil etish hamda monitoringini olib boorish (Rivojlantirish va tadqiqotlar bo’limi); 
Xalq ta’limi xodimlari va o’qituvchilarini qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish institulari xodimlari uchun trening kurslarini ishlab chiqish va ularni o’tkazish (Trening kurslarini ishlab chiqish va ularni o’tkazish bo’limi); 
Axborot-ta’lim web-portali joylashtiriladigan server maydonchasini tashkil etish, qo’llab-quvvatlash va boshqarish (Server maydonchasini boshqarish bo’limi); 
Axborot-ta’lim web-portalini tashkil etish va qo’llab-quvvatlash (Server maydonchasini boshqarish bo’limi); 
Maktablarni axborot-ta’lim web-portaliga kiritish (Server maydonchasini boshqarish bo’limi).
Markaz tuzilmasi va vazifalari.


Bo'limlar

Multimedia ilovalarni ishlab chiqish bo‘limi
Multimedia umumta’lim dasturlarini ishlab chiqish strategiyasi va AKTni ta’lim jarayoniga joriy etish masalalari bo‘yicha yechimlarni amalga oshirish (texnologiya, dasturiy ta’minot, vositalarni tanlash)
Qo‘yilgan masalalarni yechishni konseptual sxemalarini ishlab chiqish
Multimedia umumta’lim dasturlari va elektron o‘quv resurslariga texnik topshiriqlarni ishlab chiqish
Multimedia umumta’lim resurslarini loyihalash, ishlab chiqish va joriy etishni boshqarish
Elektron va multimedia umumta’lim resurslarini ishlab chiqish (darsliklar, o‘quv kurslari, test dasturlari)Veb-ilovalar ishlab chiqish
Ishlab chiqilgan veb-resurslarni olib borish (portallar, veb-saytlar)
Elektron o‘quv resurslarini ishlab chiqish
Veb-ilovalar ishlab chiqish
Ishlab chiqilgan veb-resurslarni olib borish (portallar, veb-saytlar, darsliklar, o‘quv kurslari, test dasturlari).
Rivojlantirish va tadqiqotlar bo‘limi (monitoring guruhi)
Rivojlantirish va tadqiqotlar bo‘limi faoliyatini tashkil qilish va boshqarish
Markaz xodimlari tomonidan olib boriladigan ilmiy va metodik izlanishlarni tashkil qilish va muvofiqlashtirish
Barcha bo‘limlarning faoliyatini tahlil qilish va takomillashtirish bo‘yicha analitik izlanishlarni olib borish va rahbariyatga bu haqda tavsiyalar berish
Markazning rivojlanish strategiyasini ishlab chiqishda, barcha bo‘limlarning faoliyatini muvofiqlashtirishda, xodimlar orasida vazifalarni taqsimalashda qatnashish
Markaz tomonidan bajariladigan ekspert ishlarini tashkillashtirish, muvofiqlashtirish va ularda qatnashish
Markaz bo‘limlari va xodimlari faoliyati monitoringini olib borish.
Markaz faoliyatiga tegishli bo‘lgan XTV buyruqlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari, Prezident farmonlarining ijrosi monitoringini olib borish
Koreya loyihasi doirasida O‘zbekiston Respublikasi umumta’lim maktablarida o‘quv kompyuter sinflari, kommunikatsiya vositalari va dasturiy ta’minotning qo‘llanishi va ekspluatatsiya qilinishi monitoringini olib borish
Markazning samarali faoliyati uchun zarur bo‘lgan me’yoriy va texnik xujjatlarni ishlab chiqishda qatnashish va uni muvofiqlashtirish
Markazning XTV va boshqa idoralarga tegishli tashkilotlar, shu jumladan xalqaro tashkilotlar bilan o‘zaro foydali hamkorligini tashkillashtirish va muvofiqlashtirish, Markaz faoliyatini ommaviy axborot vositalarida, shu jumladan elektron OAV, Internetda yoritishni olib borish

Trening kurslarini ishlab chiqish va o‘tkazish bo‘limi

Loyiha doirasida ko‘zda tutilgan seminar-trening dasturlarini va o‘quv materiallarini ishlab chiqish, sinovdan o‘tkazish va takomillashtirish jarayonlarini tashkil qilish.
O‘rta umumta’lim maktablarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish bo‘yicha seminar-treninglarni o‘tkazish rejasini ishlab chiqish, seminar dasturi va o‘quv materiallarini ishlab chiqish, sinovdan o‘tkazish va takomillashtirish jarayonlarini tashkil qilish.
Loyiha doirasida yaratilayotgan elektron darsliklar mazmunini taqrizdan o‘tkazishni tashkil qilish.
O‘tkazilgan seminar-treninglarning o‘quv jarayoniga ta’sirini aniqlash maqsadida monitoring olib borish.Loyiha doirasida ko‘zda tutilgan 1, 2 va 3-bosqich seminar-trening dasturlarini va o‘quv materiallarini ishlab chiqish, sinovdan o‘tkazish va takomillashtirish;
Loyiha doirasida ko‘zda tutilgan malaka oshirish kurslarining dasturlarini, o‘quv materiallarini ishlab chiqish, sinovdan o‘tkazish, takomillashtirish va ular asosida seminar-treninglarni tashkil qilish hamda o‘tkazish;
O‘rta-umumta’lim maktablarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish bo‘yicha seminar-treninglarning dasturi, o‘quv materiallarini ishlab chiqish va o‘tkazish;

Server maydonchasini boshqarish bo‘limi

Server maydonchasini boshqarish
Markaz resurslari va lokal tarmoqni boshqarish (Active Directory, DNS xizmatlarini sozlash va yo'lga qoyish va h.k.)
Markaz resurslari va lokal tarmoqning xavfsizligini ta’minlash (virusga qarshi dasturiy ta’minotni o‘rnatish va yangilab borish, ma’lumotlar bazasini muntazam ravishda yangilab borish, Markazning muhim rusurslarini muntazam ravishda nus’halab borish)
Markaz resurslaridan foydalanuvchilar ro‘yxat yozuvlari reyestrini olib borish XTV portali, Markaz veb-sayti va boshqa resurslarga ma’lumotlarni dastlabki tayyorlash, tahrir qilish va kiritish.


Moliya bo‘limi

Markaz moliya faoliyatini olib borish
Buxgalteriya hisobini olib borish, moliya hisobotlarini tuzishMaterial va jihozlarni xarid qilish uchun xujjatlarni tayyorlash va rasmiylashtirish
Nomoddiy aktivlar (dasturiy ta’minot, konsalting xismatlar va h.k.) ni xarid qilish uchun xujjatlarni tayyorlash va rasmiylashtirish
G‘aznaga oid amallarni olib borish va G‘azna xujjatlarini rasmiylashtirish.

 

   20.10.2017