| FRANSIYA BILAN XALQARO VIDEOKONFERENSIYA | |
2013 yil 7 iyun kuni Multimedia umumta'lim dasturlarini rivojlantirish markazida Xalq ta'limi vazirligi tashabbusi bilan yurtimizdagi fransuz tili mutaxassislari, Fransiyaning xalqaro pedagogika tadqiqotlar markazi hamda Versal Akademiyasi vakillari ishtirokida xalqaro videokonferensiya o`tkazildi. Tadbirda ta'kidlanganidek, davlatimiz rahbarining 2012 yil 10 dekabrdagi "Chet tillarni o`rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida"gi Qarori asosida mamlakatimizda chet tillarini o`rganish tizimi tubdan yangilanmoqda. |
|
|
|
2013 yil 17 may kuni Xalq ta`limi vazirligi tomonidan Milliy matbuot markazida 2012-2013 o`quv yili yakunlariga bag`ishlab ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirokida matbuot anjumani tashkil etildi. |
|
|
|
| TAJRIBA-SINOVDA YANGI DARSLIK MAJMUALARI TAKOMILLASHMOQDA | |
Multimedia umuta'lim dasturlarini rivojlantirish markazida 1-sinf o'quvchilari uchun chop etilgan chet tili darslik majmualarini tajriba-sinov jarayoniri borishiga bag'ishlangan videokonferensiya bo'lib o'tdi.
|
|
|
|
| VI INNOVATSION G‘OYALAR, TEXNOLOGIYALAR VA LOYIHALAR RESPUBLIKA YARMARKASI | |
Multimedia umumta'lim dasturlarini rivojlantirish markazi joriy yilninig 24 aprel kuni boshlangan “VI Innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar respublika yarmarkasida” ishtirok etmoqda.
Mazkur yarmarkada Markaz tomonidan yaratilgan elektron axborot-ta’lim resurslar va dasturiy tizimlari taqdim etilmoqda. |
|
|
|
| VIDEKONFERENSIYA ASOSIDA XALQARO TAJRIBALARNI O‘RGANISH BO‘YICHA ON-LINE O‘QUV-SEMINAR | |
Joriy yilning 10 aprel kuni chet tilini o‘qitish bo‘yicha xorijiy davlatlar tajribalarini o‘rganish maqsadida Multimedia umumta'lim dasturlarini rivojlantirish markazida videokonferensiya asosida o‘quv-seminar o‘tkazildi.
O‘quv-seminarda xududlardagi videokonferensiya studiyalarida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi, Toshkent shahar va viloyatlar xalq ta'limi boshqarmalari va malaka oshirish institutlari, tuman (shahar) xalq ta'limi muassasalari faoliyatini metodik ta'minlash va tashkil etish bo‘limlarining Chet tili bo‘yicha metodistlar, trenerlar va ilg‘or o‘qituvchilar hamda boshqa tegishli mas'ul xodimlar ishtirok etishdi. |
|
|
|
28-29 mart kunlari Xalq ta'limi vazirligi huzuridagi Multimedia umumta'lim dasturlarini rivojlantirish markazida “Ingliz tilini o‘rganishda zamonaviy AKTdan foydalanish” loyihasining ikkinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Unda so‘z olganlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 10 dekabrdagi “Chet tillarni o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi hamda ta'lim muassasalarida olib borilayotgan ishlar, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish, dars jarayonlarida qo‘llash shu bilan bir qatorda, xorijiy mutaxassislar tajribasini o‘rganish, tahlil qilish hamda ta'lim jarayonida qo‘llash, ma'naviy yetuk va har tomonlama barkamol avlodni kamol toptirishda eng avvalo pedagog-kadrlarni malakasini oshirish eng muhim vazifalardan biri ekanligi ta'kidlab o‘tildi.
|
|
|
|
| MAKTAB DIREKTORLARI AXBOROT-KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARINI JORIY ETISH BILAN YAQINDAN TANISHISHDI | |
A.Avloniy nomidagi pedagog xodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish markaziy institutida malaka oshirayotgan maktab direktorlari 2013 yil 27 mart kuni Xalq ta'limi vazirligi huzuridagi Multimedia umumta'lim dasturlarini rivojlantirish markazi faoliyati bilan yaqindan tanishishdi.
Markaz faoliyati bilan tanishish uchun tashrif buyurgan maktab direktorlariga “Ta'lim muassasalari uchun elektron axborot-ta'lim resurslarini yaratish va ulardan foydalanish” mavzusida seminar-trening ham o‘tkazildi. |
|
|
|